Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Mikromoliya xizmatlari bozori sharhi e'lon qilindi. (2025-yil III chorak yakunlari bo‘yicha)

Yangilangan sana: 6 Dek 2025, 14:09
6 Dek 2025

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar va ularning o‘sish tendensiyasi yuzasidan batafsil sharh tayyorlandi.

Kredit tashkilotlari tomonidan joriy yilning yanvar-sentabr oylarida jami 104 trln so‘m miqdorida mikromoliya xizmatlari ko‘rsatilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 46,7 trln so‘mga yoki 1,8 barobarga oshgan. 

Natijada, ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlarning jami kredit tashkilotlari tomonidan ajratilgan kreditlardagi ulushi 2024-yilning mos davriga nisbatan 7 foiz bandga ortib, 34,2 foizni tashkil etdi.

Ishtirokchilar kesimida banklar yetakchi hisoblanib, ularning ulushi 79,5 foizni tashkil qildi. Qolgan ulush mikromoliya tashkilotlari (18,5%) va lombardlar (2%) hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususiy banklar tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi so‘nggi bir yil davomida 2 barobarga oshib, 57 trln so‘mga, davlat ulushi mavjud banklarda o‘sish 40 foizni tashkil etib, hajmi 25,7 trln so‘mga yetdi.

Banklar kesimida eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi xususiy banklar orasida TBC Bank, Ipoteka bank va Anorbankda, davlat ulushi mavjud banklarda esa AgrobankO‘zmilliybank va Xalq bankida qayd etildi.

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan jami 19 trln so‘mlik mikromoliyaviy xizmatlarning 73 foizi yoki 13,9 trln so‘mi uchta mikromoliya tashkilotlari, ya’ni Tezkoyn, Shaffof-moliya va Fortuna biznes hissasiga to‘g‘ri keladi.

Lombardlar tomonidan 2 trln so‘mlik mikroqarzlar ko‘rsatilgan bo‘lib, tashkilotlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich 202 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu davr mobaynida 83 trln so‘mlik mikroqarzlar va 21 trln so‘mlik mikrokreditlar ajratilgan. Bunda, mikroqarzlar ulushi 80 foizni (+6 foiz band), mikrokreditlar ulushi 20 foizni tashkil etdi.

Muddatlar kesimida mikromoliya xizmatlarining 78 foizi uzoq muddatli, 22 foizi qisqa muddatli hisoblanadi. Uzoq muddatli mikromoliyaviy xizmatlarning hajmi 81,1 trln so‘m, qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlarning hajmi esa 22,9 trln so‘mni tashkil etgan.

Valyutalar kesimida jami mikromoliyaviy xizmatlarning 103,5 trln so‘mi yoki 99,5 foizi milliy valyutada, 500 mlrd so‘mi yoki 0,5 foizi xorijiy valyutada ko‘rsatilgan.

Hududlar kesimida ko‘rsatilgan mikromoliya xizmatlarining 66,2 trln so‘mi yoki 64 foizi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi Toshkent shahri, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan.

To‘liq sharh bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

USD = 12084.95
-51.97
EUR = 14182.90
-8.8
RUB = 159.31
-0.68
GBP = 16350.94
+34.06
JPY = 76.48
0
CHF = 15276.13
-21.22
CNY = 1735.57
-6.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X