Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

O‘zbekiston kapital bozorida xalqaro ishtirokchilar ko‘lami kengaymoqda

Yangilangan sana: 22 Apr 2026, 21:47
22 Apr 2026

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliya bozorini rivojlantirish va xalqaro integratsiyalashuv jarayonidagi navbatdagi muhim qadam sifatida “Raiffeisen Bank International AG” (RBI)ga Markaziy bankda milliy va xorijiy valyutada vakillik hisobvaraqlari ochilganligini ma’lum qiladi.

Ushbu qadam O‘zbekiston moliya bozorini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish yo‘lidagi muhim amaliy natija bo‘lib, quyidagi ijobiy ta’sirlarga ega:

  • DQQ bozorini rivojlantirish: Xalqaro investorlarning davlat qimmatli qog‘ozlari ikkilamchi bozorida faol ishtirokini ta’minlaydi;
  • Daromadlilik egri chizig‘i (yield curve): Ikkilamchi bozordagi savdolar hajmining ortishi orqali benchmark muddatlarda daromadlilik egri chizig‘ining bozor tamoyillari asosida shakllanishiga bevosita xizmat qiladi;
  • Uzoq muddatli resurslar: Iqtisodiyotga xorijiy kapital oqimining jalb qilinishi orqali uzoq muddatli resurs shakllanishini jadallashtiradi;
  • Pul-kredit siyosati transmissiyasi: Moliyaviy vositalar likvidliligini oshirish orqali Markaziy bankning pul-kredit siyosati transmission mexanizmi samaradorligini yanada oshiradi.

Markaziy bank moliya bozori infratuzilmasini takomillashtirish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

 

 

 

 

 

 

USD = 12020.48
+4.52
EUR = 14048.33
-3.13
RUB = 158.77
-1.53
GBP = 16207.21
-15.54
JPY = 75.25
+0.03
CHF = 15273.80
-29.26
CNY = 1758.33
-0.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X