Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Mehnat bozori sharhi 2025-yil III chorak uchun e'lon qilindi

Yangilangan sana: 26 Dek 2025, 17:33
26 Dek 2025

Asosiy xulosalar

2025-yil III choragida bo‘sh ish o‘rinlari taklifi barqaror o‘sishda davom etdi, ish qidirish faolligi biroz pasaygan bo‘lsa-da, faol rezyumelar yuqori saqlanib qoldi. Shuningdek, III chorakda nominal va real ish haqi hamda pul o‘tkazmalariyuqori o‘sdi. Mehnat migratsiyasi yo‘nalishlari kengayishda davom etdi.

Bo‘sh ish o‘rinlari va ish qidirish faolligi

Ochiq manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, III chorakda biznes subyektlari tomonidan e’lon qilingan ish o‘rinlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3% ga o‘sib, ularning salmoqli qismi savdo (17,9%), umumiy ovqatlanish (17,1%) va ishlab chiqarish (17,0%) tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Korxonalar kutilmalarida ish o‘rinlarini oshirish bilan birga qisqartirishni bildirganlar ulushi ko‘paydi

Iqtisodiy faollik bo‘yicha so‘rovnomalarda kelgusi 3 oyda ish o‘rinlari sonini oshirishini bildirgan tadbirkorlar ulushi iyul-avgust oylarida o‘rtacha 33,9%ni tashkil etgan (II chorakda 30,2% bo‘lgan), sentyabrda esa mavsumiy pasayib 30,8% ga tushgan. Shu bilan birga, ish o‘rinlarini qisqartirishni bildirganlar ulushi II chorakdagi 8,7% dan III chorakda 12,7% gacha oshgan. Bunda asosan qurilish (16,4%) va savdo (25,6%) sohasida faoliyat yurituvchi respondentlar ish o‘rinlarini qisqartirishni bildirgan.

Bozordagi “bosim”

2025-yil III choragida Oʻzbekiston boʻyicha Beverij egri chizigʻi chapga vertikal siljigan. Bu oʻz navbatida, mamlakat iqtisodiyotida kengayish davom etayotganligini koʻrsatib, mehnat bozorida bosimning kuchayishi, yaʼni ishsizlikning pasayishi bilan bir vaqtda ishchi kuchiga boʻlgan talabning ortib borayotganligini aks ettiradi.

Maʼlumot uchun: Beverij egri chizigʻi ishsizlik va boʻsh ish oʻrinlari darajasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aks ettirib, mehnat bozori holati va iqtisodiyot barqarorligi boʻyicha muhim maʼlumotlarni taqdim etadi. Jumladan: 1) Beverij egri chizigʻining chap tomon pastga siljishi mehnat bozori samaradorligi oshganini bildiradi; 2) egri chiziqning oʻng tomon yuqoriga siljishi mehnat bozori samaradorligi pasayganligidan dalolat beradi; 3) egri chiziqning chapga vertikal siljishi iqtisodiyot kengayish bosqichiga kirayotganligini, oʻngga vertikal siljishi esa iqtisodiyot tanazzul (retsessiya) bosqichiga oʻtayotganligini anglatadi.

Ish haqi: nominal va real o‘sish yuqori

III chorakda byudjet tashkilotlari ish haqining oshirilishi va inflyatsiyaning nisbatan pastroq shakllanishi fonida 2025-yilning o‘tgan 9 oyida nominal ish haqi 19,2%, real ish haqi 9,1% ga o‘sgan. O‘rtacha oylik ish haqi 6,2 mln so‘m bo‘lgan. Sohalar kesimida moliya va sug‘urta hamda AKT yo‘nalishlarida o‘rtacha ish haqi yuqoriligi saqlanib qolgan (mos ravishda 16,8 va 15 mln so‘m). Qurilish sohasida faoliyat yurituvchilarning real ish haqi o‘sishi 0,1%ga pasaygan.

Hududlar bo‘yicha eng yuqori real ish haqi o‘sishi Samarqandda (14,6%), eng past o‘sishi esa Andijonda (2,9%) kuzatilgan.

Shuningdek, 2025-yilning III choragida Oʻzbekistonda real ish haqining oʻsishi mintaqadagi davlatlar bilan solishtirganda sezilarli darajada yuqori shakllandi. Xususan, III chorakda Markaziy Osiyo davlatlarida real ish haqining oʻrtacha oʻsishi 4,4 foizni, ayrim Kavkaz davlatlarini hisobga olganda esa 3,3 foizni tashkil etdi (ushbu davrda Oʻzbekistonda real ish haqi 9,1 foizga o‘sdi).

Soʻnggi davrlarda kuzatilgan soʻmning AQSH dollariga nisbatan qadrining sezilarli oshishi fonida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining AQSH dollari ekvivalentidagi qiymatini yuqoriroq shakllanishiga xizmat qildi. Natijada bu Oʻzbekistonda (103 dollar) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori Gruziya davlatidagidan ham yuqoriroq shakllanishiga olib keldi.

Pul o‘tkazmalari va mehnat migratsiyasi

III chorakda mehnat muhojirlari tomonidan O‘zbekistonga 5,7 mlrd dollar pul yuborilgan bo’lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5%ga o‘sgan.

III chorakda Boltiq davlatlari va boshqa mintaqalardan (AQSH, Rossiya, Yevropa va Osiyo mintaqalarini hisobga olmaganda) oʻtkazmalar hajmi oʻsish surʼati qolgan mintaqalarga nisbatan yuqoriroq saqlanib qoldi. Xususan, mazkur mintaqalardan pul oʻtkazmalari 40 foizga oʻsdi.

Migratsiya yo‘nalishlari diversifikatsiyasi kengayishi davom etmoqda. Taʼkidlash joizki, Koreya Respublikasi, Turkiya, Boltiq davlatlari, AQSH va boshqa mintaqlardagi O‘zbekistonlik migrantlar soni sezilarli oshgan boʻlsa-da, mehnat migratsiyasining asosiy yoʻnalishi Rossiya boʻlib qolmoqda.

 

 

USD = 12084.95
-51.97
EUR = 14182.90
-8.8
RUB = 159.31
-0.68
GBP = 16350.94
+34.06
JPY = 76.48
0
CHF = 15276.13
-21.22
CNY = 1735.57
-6.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X