Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Iste’mol kayfiyati sharhi 2025-yil IV chorak

Yangilangan sana: 9 Apr 2026, 10:25
8 Apr 2026

2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha iste’mol kayfiyati sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2025-yilning IV choragi uchun iste’mol kayfiyati so‘rovnomasi sharhini e’lon qildi. So‘rovnoma aholining daromad, xarajat, kredit olish, jamg‘arish va iqtisodiy holat bo‘yicha kutilmalarini o‘rganishga qaratilgan.

IV chorakda iste’mol kayfiyatida ijobiy tendensiyalar saqlanib qolmoqda.

Respondentlarning daromadlari bo‘yicha kutilmalari yuqori darajada shakllanib, aholining iqtisodiy faollik va moliyaviy barqarorlikka bo‘lgan ishonchi mustahkamlandi. Xususan, respondentlarning 67 foizi kelgusi 12 oyda daromadlari oshishini kutmoqda, daromadlar kamayishini kutayotganlar ulushi esa minimal darajada (8 foiz) shakllangan.

Xarajatlar bo‘yicha kutilmalar yuqori darajada saqllanib, respondentlarning 76 foizi kelgusi davrda xarajatlari oshishini bildirgan. Aholi xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari sifatida uy-joy ta’miri, ta’lim, sog‘liqni saqlash, shuningdek, avtomobil xaridi va oilaviy tadbirlar ajralib turdi.

Kreditga bo‘lgan talabda biroz o‘sish kuzatildi. IV chorakda kredit subindeksi oshib, respondentlarning 54 foizi kelgusi oylarda kredit olish ehtiyoji mavjudligini bildirgan.

Jamg‘arishga moyillik umumiy ijobiy trendni saqlab qolgan bo‘lsa-da, choraklik kesimda biroz pasayish kuzatildi. Respondentlarning 62,6 foizi jamg‘armalari oshishini kutmoqda. Shu bilan birga, milliy valyutadagi muddatli depozitlar hajmining yillik 37,1 foizga oshishi qayd etildi.

Iqtisodiy kutilmalar ham ijobiy shakllanib, respondentlarning 68,5 foizi kelgusi 12 oyda mamlakat iqtisodiyoti yaxshilanishiga ishonch bildirgan. O‘rta muddatli istiqbolda (3 yil) esa optimizm darajasi yanada yuqori bo‘lib, 78,7 foiz respondent iqtisodiy o‘sish davom etishini kutmoqda.

Umuman olganda, 2025-yil yakunida aholining iste’mol kayfiyatida ijobiy va barqaror tendensiyalar saqlanib, iqtisodiy kutilmalarda yuqori optimizm fonida iste’mol va moliyaviy faollikning muvozanatli rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Qisqacha sharhni o'qish uchun quyidagi havolaga o'ting.
To'liq sharhni o'qish uchun quyidagi havolaga o'ting.

USD = 12141.38
+15.28
EUR = 14313.47
+141.7
RUB = 160.26
+1.15
GBP = 16443.07
+157.72
JPY = 76.37
+0.46
CHF = 15551.91
+212.13
CNY = 1781.18
+6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X