Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Pul bozori va likvidlik sharhi – 2025-yil III chorak

Yangilangan sana: 28 Apr 2026, 19:08
9 Dek 2025

2025-yilning III choragida mamlakat bank tizimidagi likvidlik darajasi bir qator omillar ta’sirida kamaygan boʻlsa-da, umumiy likvidlik tarkibiy profitsit sharoitida saqlanib qoldi. Likvidlikning qisqarishiga, asosan, mavsumiy omillar sabab boʻlib, aholining naqd pullarga boʻlgan talabi ortishi va majburiy zaxiralash bazasining kengayishi hisobiga yuzaga keldi.

Hukumat operatsiyalarining likvidlikka oshiruvchi taʼsiri davom etdi va umumiy likvidlik hajmi yil boshiga nisbatan yuqoriligicha saqlanib qoldi. Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida emissiya hajmi kengayib, bozorning likvidligi va faolligi ortdi.

Joriy yil 1-avgustdan tizimdagi ortiqcha likvidlikni samarali jalb qilish maqsadida Markaziy bankning likvidlikni jalb qilish boʻyicha asosiy operatsiyalari 1 haftalik depozit auksionlaridan 1 haftalik Markaziy bank obligatsiyalariga oʻzgartirildi. Bu oʻz navbatida, pul-kredit operatsiyalariga boʻlgan talabni oshirib, pul bozoridagi foiz stavkalarini koridor doirasida va asosiy stavkaga yaqin shakllantirga imkon berdi. Natijada UZONIA stavkasi chorak boshidagi foiz koridorining quyi chegarasidan chorak oxiriga kelib asosiy stavkaga yaqinlashdi.

Banklararo pul bozori faolligi oshdi: umumiy operatsiyalar hajmi 255,6 trln so‘mni tashkil etib, II chorakka nisbatan 19 foizga o‘sdi. Operatsiyalarning 89 foizdan ortig‘i overnayt bitimlarga hissasiga to‘g‘ri keldi.

Konsentratsiya ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi: likvidlikni taqdim etish segmentida raqobat kuchayib, Herfindahl-Hirshman indeksi sezilarli darajada pasaydi. Bu esa bozor ishtirokchilari o‘rtasida likvidlik taqsimoti yanada muvozanatlashayotganidan dalolat beradi.

Markaziy bankning prognozlariga ko‘ra, IV chorakda byudjet operatsiyalarining likvidlikka oshiruvchi ta’siri saqlanib qolishi, naqd pullarga bo‘lgan mavsumiy talabning kuchayishi esa likvidlikni qisqartiruvchi omil bo‘lib qolishi kutilmoqda. Markaziy bank mavjud ortiqcha likvidlikni samarali tartibga solish hamda foiz stavkalarining asosiy stavkaga yaqin darajada shakllanishini ta’minlash uchun pul-kredit instrumentlaridan faol foydalanishda davom etadi.

 To‘liq hisobot bilan havola orqali tanishishingiz mumkun.

Hisobotning qisqa tavsifi bilan havola orqali tanishishingiz mumkun.

USD = 11952.73
+15.13
EUR = 14021.75
+60.73
RUB = 159.48
+0.01
GBP = 16248.54
+129.2
JPY = 76.34
+1.42
CHF = 15292.64
+131.86
CNY = 1750.50
+2.37
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X