Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi banklararo hamkorlik bo‘yicha kichik komissiya yig‘ilishi

Yangilangan sana:  26 May 2019, 15:55
14 Mar 2019

12 mart kuni Moskva shahrida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi banklararo Hamkorlik bo‘yicha kichik komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ikki mamlakatning markaziy banklari, moliya va iqtisodiy rivojlantirish vazirliklari, banklari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi va Moskva birjasi vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining birinchi o‘rinbosari T.Ishmetov va Rossiya Banki Raisining birinchi o‘rinbosari K.Yudayeva hamraislik qildilar.

Anjuman chog‘ida tomonlar keng doiradagi, xususan banklararo hamkorlik, milliy to‘lov tizimlarini rivojlantirish, bank nazorati va ular faoliyatini tartibga solish, jumladan, transchegaraviy banklarni birgalikda nazorat qilish, moliyaviy ommaboplikni oshirish, xodimlarni malakasini oshirish sohalariga tegishli masalalarni muhokama qildilar.

Yig‘ilish doirasida tomonlar bank nazorati sohasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi markaziy banklari o‘rtasida bank nazorati borasida, shu jumladan transchegaraviy banklarni birgalikda nazorat qilishda qo‘llanilayotgan yondashuvlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish va yaqin hamkorlik o‘rnatish imkonini yaratadigan o‘zaro anglashuv to‘g‘risida Memorandum ishlab chiqishni kelishib oldilar.

Rossiya va O‘zbekistonning to‘lov kartalari milliy tizimlarini tizimlararo integratsiyalash va to‘lov tizimlari sohasidagi yondashuvlarni tartibga solish va kuzatib borish (nazorat) bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Bitim ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Tomonlar xodimlar malakasini oshirish sohasida Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzoladilar.

Yig‘ilish ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi va mazkur tashabbus banklararo hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga sharoit yaratishini qayd etdilar. Kichik komissiyaning navbatdagi majlisi Toshkentda bo‘lib o‘tadi.







USD = 12689.97
-15.03
EUR = 13557.96
+14.43
RUB = 137.20
+1.09
GBP = 15771.09
+66.44
JPY = 81.90
-0.16
CHF = 13879.44
-53.01
CNY = 1751.28
-1.86
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X