Markaziy bank boshqaruvining “Markaziy bankning banklararo to‘lov tizimi orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 31-yanvarda 1545-6-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan:
- banklararo to‘lov tizimining ishtirokchilari bo‘lib banklardan tashqari qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblarni va markazlashgan kliringni amalga oshirish faoliyatini yuritadigan “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ hamda “Milliy kliring markazi” AJ hisoblanishi belgilandi, shuningdek mazkur tashkilotlarni to‘lov tizimiga ulanish tartibi keltirib o‘tildi;
- тijorat banklarining likvidlilik bilan bog‘liq masalalarini xalqaro tajriba asosida samarali tartibga solish maqsadida, banklararo to‘lov tizimida tijorat banklari o‘rtasidagi pul bozori operatsiyalari (+30 daqiqa) hamda Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi
pul-kredit operatsiyalariga (+60 daqiqa) oid to‘lovlar uchun qo‘shimcha vaqt berilmoqda. Bunda bank mijozlarining to‘lovlarini amalga oshirish vaqti o‘zgarishsiz qoldirildi;
- shuningdek, nizomning ayrim bandlaridagi normalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirildi hamda bugungi kundagi bank amaliyotidan kelib chiqib ba’zi talablar takomillashtirildi.
Hujjat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.