Tijorat banklari tomonidan 2018 yil 1 noyabr holatiga ajratilgan investitsion kreditlar to‘g‘risida ma’lumot
Iqtisodiyotimizni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirish, innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, jahon bozorida talab mavjud bo‘lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va shu orqali mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda bank tizimi tomonidan olib borilayotgan investitsion siyosat o‘z samarasini bermoqda.
Xususan, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy texnologiya asosida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadlariga tijorat banklari tomonidan 2018 yilning 1 dekabr holatiga 35,1 trln. so‘m yoki 2017 yilning shu davriga nisbatan 2,4 barobarga ko‘p investitsion kreditlar ajratildi.
Bunda banklarning investitsiyaviy faoliyati ustuvor ravishda tarmoqlarni rivojlantirish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan loyihalarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirishni ta’minlashga qaratilmoqda.