- Rahbar: Vakant
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71-212-61-30Vazifa va funksiyalar
- Departamentning vazifalari:- Markaziy bank va umuman bank tizimi faoliyatida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan telekommunikatsiya, lokal hisoblash tarmoq tizimlarini ishlab chiqib tadbiq etish, rivojlantirish;
- Davlat boshqaruvi idoralari va bank tizimi o‘rtasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etilishi, axborot tizimlarining integratsiyalashuvi bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqish va xulosa tayyorlash;
- Markaziy bankning veb-saytini faol ishchi holatini ta’minlash.
- Markaziy bankning Integrallashgan axborot-tahliliy tizimi, lokal kompyuter tarmog‘i, bank tizimining telekommunikatsiya tarmog‘i, axborot tizimlari, hisoblash markazlari va ma’lumotlar bazalari loyihalarini ishlab chiqadi, amalga oshirilishini, ularga sifatli texnik xizmat ko‘rsatilishini hamda faol holatini ta’minlaydi;
- Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalarida kompyuter va orgtexnika vositalarini ro‘yxatga olish, ular tarkibini yangilash, ta’mirlash va texnik holati haqidagi hisobotlarni tuzish hamda ularni hisobdan chiqarish ishlarini tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda olib boradi.