Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Samarqand islomiy moliya forumi – 2026

Yangilangan sana: 7 Okt 2026, 11:13

photo_2026-10-06_12-33-29.jpg

Markaziy bank tomonidan Malayziyaning INCEIF universiteti va “Al Muamalat Consulting” MCHJ bilan hamkorlikda 2026-yil 27–28-oktabr kunlari Samarqand shahrida “Samarqand islomiy moliya forumi (SIFF 2026)” tashkil etilmoqda.

Forumda Islom taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashi (IFSB), Islomiy moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti (AAOIFI), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) kabi xalqaro tashkilotlar, Malayziya, Indoneziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston markaziy banklari vakillari, islomiy moliya olimlari, chet el islomiy banklari mutaxassislari, shuningdek, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur forum tartibga soluvchi organlar hamda xalqaro moliya institutlari vakillari, moliya bozori ishtirokchilari, islomiy moliya olimlari va soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun muloqot platformasi bo‘lib xizmat qiladi.

Forum doirasida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

Markaziy Osiyoda islomiy moliyaning joriy holati va rivojlanish istiqbollari - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kabi Markaziy Osiyo davlatlarida islomiy moliyaning rivojlanish tendensiyalari, sohani tartibga solish bo‘yicha so‘nggi tashabbuslar, bozor dinamikasi va institutsional rivojlanish;
Islomiy moliyani rivojlantirishni jadallashtirishbo‘yicha ustuvor vazifalar - islomiy moliyani qo‘llab-quvvatlovchi ekotizimni shakllantirish bo‘yicha mintaqaviy tajriba almashish, hamkorlik va sheriklik aloqalarini o‘rnatish;
Islomiy moliya standartlariga muvofiq bo‘lgan boshqaruv tizimi – islomiy moliya standartlariga muvofiqlikni ta’minlovchi samarali boshqaruv tizimini joriy etish, islomiy moliyada tavakkalchiliklarni boshqarish, ichki nazorat vositalarini takomillashtirish;
Islomiy kapital bozorlari va likvidlik vositalari - islomiy kapital bozorlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, amaliy yondashuvlari, likvidlikni boshqarish vositalari, zarur bozor infratuzilmasi va tartibga solish mexanizmlari;
Islomiy moliya sohasida inson kapitalini rivojlantirish - islomiy moliya sohasida samarali ta’lim tizimini joriy etish, kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirish dasturlarini ommalashtirish;
Islomiy moliya sohasida jamoatchilik ishonchini qozonish - aholining islomiy moliya bo‘yicha savodxonligini oshirish, islomiy moliya xizmatlari foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish.

Forum markaziy banklar va moliya bozorini tartibga soluvchi organlar, xalqaro moliya tashkilotlari, banklar va islomiy moliya tashkilotlari vakillari, islomiy moliya olimlari va mutaxassislari, kapital bozori ishtirokchilari, ilmiy-ta’lim muassasalari professor va o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.


USD = 12011.65
+48.49
EUR = 13462.66
+72.3
RUB = 143.17
+0.84
GBP = 15911.83
+41.5
JPY = 76.05
+0.55
CHF = 14466.64
+108.55
CNY = 1795.17
+7.7
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X