Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Banklarda risklarni nazorat qilish departamenti

Yangilangan sana: 5 Okt 2026, 16:18
  • Rahbar: Abduvaliyev Dilshod Anvarjonovich

Aloqa ma’lumotlari

71-212-73-03



Vazifa va funksiyalar

Departamentning vazifalari:

  • Bank tizimida kredit, likvidlilik, bozor, operatsion hamda korporativ boshqaruv risklarini tahlil qilish va ularning moliyaviy barqarorlikka ta’sirini baholash;

  • Bank tizimi bo‘yicha erta ogohlantirish indikatorlarini ishlab chiqish va ularning doimiy monitoringini amalga oshirish;

  • Risklarni nazorat qilish bo‘yicha yagona metodologik yondashuv va indikatorlarni shakllantirish hamda banklar faoliyatini taqqoslama tahlil qilish;

  • Aniqlangan risklar yuzasidan tahliliy xulosalar va takliflar tayyorlash, shuningdek risklarni boshqarish tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga ko‘maklashish.

Departamentnig funksiyalari:

  • Gorizontal va taqqoslama tahlillar, stress-testlar hamda ssenariy tahlillarini amalga oshirish;

  • Tizimli risklarni aniqlash, erta ogohlantirish indikatorlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;

  • Risklarni boshqarish va prudensial nazoratni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar, tavsiyalar va asoslangan takliflar tayyorlash;

  • Zaruratga ko‘ra maqsadli tekshiruvlarni o‘tkazish hamda Markaziy bank rahbariyatini bank tizimidagi risklar va ularni kamaytirish choralari bo‘yicha axborot bilan ta’minlash.

USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X