Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish departamenti

Yangilangan sana: 5 Okt 2026, 16:20
  • Rahbar: Salimov Bekzod Baxtiyorovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-61-19

Vazifa va funksiyalar

Departamentning vazifalari:

  • Bank-moliya tizimi barqarorligini ta’minlash va moliya bozori ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish, kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish hamda ushbu sohadagi normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish va takomillashtirish

Departamentning funksiyalari:

  • kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda takomillashtirish;

  • prudensial normativlar va kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishga oid talablarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish va yangilab borish;

  • islomiy moliya xizmatlarini tartibga solish, nazorat qilish va bu sohada normativ-huquqiy bazani rivojlantirish;

  • kredit tashkilotlarida MHXS talablarini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid normativ hujjatlarni ishlab chiqish;

  • banklar uchun iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq moliyaviy tavakkalchiliklarni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar va talablarni ishlab chiqish;

  • xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, qo‘shma tahlillar, dastur va loyihalarda ishtirok etish;

  • normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda davlat organlariga kiritish hamda ularning muhokamalarida ishtirok etish;

  • islomiy moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish uslubiyotini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish;

  • islomiy moliya operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi qoidalarini ishlab chiqish hamda likvidlikni boshqarish vositalarini joriy etishda ishtirok etish;

  • Markaziy bank va kredit tashkilotlari xodimlarining islomiy moliya sohasidagi salohiyatini oshirish, o‘quv dasturlari va seminarlarni tashkil etish hamda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish tashabbuslarida ishtirok etish.
USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X