Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Moliyaviy monitoring departamenti

Yangilangan sana: 21 Iyul 2026, 20:12
  • Rahbar: Xotamov Sardor Abdumajitovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-73-07

Vazifa va funksiyalar

Departamentning vazifalari

  • banklar, nobank kredit tashkilotlari va toʻlov tashkilotlari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi (keyingi oʻrinlarda – soha) qonunchilik hujjatlari va ichki nazorat qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • iqtisodiy sanksiyalar bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari samaradorligini baholash;

  • tavakkalchilikka asoslangan masofaviy va joyidagi nazoratni tashkil etish;

  • tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan operatsiyalar, yoʻnalishlar, sxemalar va tizimli kamchiliklarni aniqlash, shuningdek tegishli tavakkalchiliklarni kamaytirish boʻyicha choralar koʻrish;

  • milliy va sektorlar darajasidagi tavakkalchiliklarni baholash natijalarini inobatga olgan holda nazorat ostidagi tashkilotlarning risk-profillarini baholash va tavakkalchiliklarni monitoring qilish;

  • soha va sanksiyaviy komplayens boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash, shu jumladan xalqaro standartlar, ilgʻor amaliyot va ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar tavsiyalarini oʻrganish hamda joriy etish;

  • Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish.

Departamentning funksiyalari

  • nazorat ostidagi tashkilotlar faoliyatini tavakkalchilikka asoslangan yondashuv asosida masofadan tahlil qilish va baholash;

  • banklar, nobank kredit tashkilotlari va toʻlov tashkilotlari faoliyati boʻyicha standart va kuchaytirilgan monitoringni tashkil etish;

  • sohaga oid hamda sanksiyaviy komplayens masalalari boʻyicha hisobotlar, maʼlumotlar va boshqa axborotlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish;

  • kompleks va mavzuli joyidagi nazorat tadbirlarini oʻtkazish;

  • qonunchilik hujjatlari talablari buzilgan holatlarda taʼsir choralari va sanksiyalar qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash;

  • sektorlar darajasida tavakkalchiliklarni baholashni tashkil etish va milliy darajada tavakkalchiliklarni baholash jarayonlarida ishtirok etish;

  • xalqaro standartlar va ilgʻor amaliyotni oʻrganish, shuningdek ularni joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash;

  • Markaziy bank nomidan soha va sanksiyaviy komplayens boʻyicha xalqaro hamkorlik va oʻzaro aloqalarda ishtirok etish;

  • Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalaridagi tegishli boʻlinmalar faoliyatini soha va sanksiyaviy komplayens masalalari boʻyicha muvofiqlashtirish.

USD = 11820.48
+19.25
EUR = 13766.13
+28.32
RUB = 137.51
+0.78
GBP = 16059.30
+34.41
JPY = 74.04
+0.02
CHF = 14703.92
+49.47
CNY = 1758.76
+2.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X