Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Litsenziyalash va ruxsat berish tartiboti departamenti

Yangilangan sana: 21 Iyul 2026, 11:40
  • Rahbar: Zunnunov Zohidjon Zakirjanovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-73-33

Vazifa va funksiyalar

  • banklar, mikromoliya banklari, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish;

  • nobank kredit tashkilotlarini (mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini) hisob ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish;

  • lombard faoliyatini boshlaganlik va tugatganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qilish;

  • bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi va islomiy moliya kengashi a’zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlari lavozimiga nomzodlarni lavozimiga kirishishidan oldin kelishish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish;

  • bank va nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish masalalari bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish;

  • banklar va kredit byurolarining ustavlarini hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish;

  • bank filiallari va bank xizmatlari ofislarini, shuningdek nobank kredit tashkilotlarining filiallarini ochganlik va yopganlik haqidagi xabarnomalarni qabul qilish;

  • Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziyalar va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning, shuningdek qabul qilingan xabarnomalarning reyestrini yuritish;

  • banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish shartlarini hamda ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish;

  • banklarning auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatini berish bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqish.

USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X