Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi

Yangilangan sana: 29 Iyul 2026, 19:47
  • Rahbar: Xamidov Xusan Mirsidikovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71 212-60-88

Vazifa va funksiyalar

Markazning vazifalari:

  • to‘lov tizimi operatorlari, kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, ularning axborot tizimlari va resurslarida hamda muhim axborot infratuzilmasi ob’ektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlash;
  • axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik risklarining yuzaga kelish omillarini tekshirish, xatarlarini oldini olish tizimlarini tatbiq etish va qo‘llash choralarini ko‘rish;
  • bank va to‘lov tizimlarida raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarni monitoring va tahlil qilish va hududlarda raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish.

Markazning funksiyalari:

  • to‘lov tizimi operatorlari, kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatida kiberxavfsizlik hodisalari hamda tahdidlari bo‘yicha tezkor ma’lumotlar almashinuvini tashkil etish; 
  • kiberxavfsizlik hodisalarining sabablarini aniqlash va bunday hodisalarning takrorlanishini oldini olish uchun ma’lumotlarni tahlil qilish va tiklash; 
  • muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizlik hamda hududlardagi tijorat banklari filiallarida raqamli texnologiyalar vositasida sodir etilgan huquqbuzarliklarlarni oldini olish bo‘yicha mas’ul xodimlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • axborot tizimlari va resurslarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kiberxavfsizlik risklarini aniqlash, ularni tahlil qilish, baholash va ularni kamaytirish choralarini ko‘rish, xatarlarni oldini olish tizimlarini tatbiq etish choralarini ko‘rish;
  • to‘lov tizimi operatorlari, kredit va to‘lov tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarida kiberxavfsizlikning ta’minlanganlik holatini masofadan turib o‘rganish va aniqlangan zaifliklar bo‘yicha ularga tavsiya va ko‘rsatmalar berish;
  • bank va to‘lov tizimlarida aniqlangan frod amaliyotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, Markaziy bank bilan to‘lov tizimi operatorlari, kredit va to‘lov tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashinuvini ta’minlash;
  • bank va to‘lov tizimlarida bank kartalari bilan bog‘liq shubhali frod operatsiyalariga tezkor ta’sir choralarini ko‘rish hamda ularni oldini olish bo‘yicha belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish.

USD = 11889.95
-44.66
EUR = 13717.44
-70.61
RUB = 143.93
-0.71
GBP = 16044.30
-69.81
JPY = 74.66
-0.49
CHF = 14660.85
-98.75
CNY = 1762.70
-6.88
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X