Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank ijro apparati

Yangilangan sana:  18 Mar 2020, 14:46
  • Rahbar: Ernazarov Olimjon Yuldashaliyevich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-60-35

Vazifa va funksiyalar

- Departamentning vazifalari:
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaror va topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari hamda uning Devoni topshiriqlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qaror, farmoyish, bayoni va topshiriqlari hamda Markaziy bank Boshqaruvi qarori va bayonnomalari, Markaziy bankning buyruq va farmoyishlarini Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari, hududiy bosh boshqarmalari, tizimga kiruvchi korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishini tashkil etish, ularning bajarilishi bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatish;
  • elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro etilishini, ularning harakati, tahlili va nazoratining yagona tizimi amalga oshirilishini ta’minlash;
Departamentning funksiyalari:
  • Markaziy bankning respublika apparatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida» 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-sonli va Vazirlar Mahkamasining «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarorlariga muvofiq hujjatlar va topshiriqlarning o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • Markaziy bank tizimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 30 avgustda tasdiqlangan «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi» talablarining bajarilishini tashkil etadi;
  • hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qo‘yilishini, ularning bajarilishini nazorat qilib borishni, ijro intizomini ta’minlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining ma’lumotlar bazasini yuritadi.

USD = 12625.04
+40.76
EUR = 13686.81
+10.21
RUB = 146.11
+1.73
GBP = 16298.93
+50.11
JPY = 81.57
+0.87
CHF = 14223.79
+96.85
CNY = 1734.85
+4.98
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X