Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mikromoliya bozori ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish departamenti

Yangilangan sana: 6 Dek 2024, 10:00
  • Rahbar: Sheripbayev Farrux Batirovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-73-09

Vazifa va funksiyalar

Departmentning vazifalari:

  • nobank kredit tashkilotlari, kredit byurolari, shu bilan birga boshqa tijorat banklarining mikromoliyalashtirish bo yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qillish;
  • mikromollya banklarini tashkil etish va mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga transformatsiya qilish mexanizmini yaratish;
  • mikromoliya bozorini rivojlantirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish va ularni muvofiqlashtirish;
  • nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini hamda ularning faoliyati ustidan nazoratga qaratilgan choralarni ko'rish;
  • Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarining nobank kredit tashkilotlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
  • mikromoliya banklari va nobank kredit tashkilotlari duchor bolishi mumkin bo'lgan tavakkalchiliklarni aniqlash, boshqarish, monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Departamentning funksiyalari:


nobank kredit tashkilotlari, kredit byurolari, shu bilan birga boshqa tijorat banklarining mikromoliyalashtirish
bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishda:

  • nobank kredit tashkilotlari faoliyatini, shu bilan birga banklarning mikromoliyalashtirish boyicha faoliyatini
  • tahlil qilish maqsadida kredit tashkilotlaridan va Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalaridan barcha tegishli ma'lumotlarni olish, umumlashtirish va tahlil qilish;
  • mikromoliya bozori ishtirokchilari faoliyatiga doir asosiy moliyaviy korsatkichlar hamda department vakolatiga tegishli masalalar bo yicha ma'lumotnoma va boshqa materiallarni tayyorlash;
  • nobank kredit tashkilotlarini nazorat qilish mexanizmlarini, shu jumladan, ularning faoliyati bilan bogliq tavakkalchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralari bo yicha tahliliy ma'lumotlarni Markaziy bank rahbariyati, Bank nazorati qo'mitasi va boshqaruviga takliflar kiritish;
  • Markaziy bankning tegishli departmentlari bilan birgalikda Markaziy bank, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlari xodimlari va bank operatsiyalarining alohida turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarning xodimlari uchun Department faoliyati bilan bog'liq seminarlar tashkil etish;
  • mikromoliya xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani o'rganish va uni respublika mikromoliya bozorida qo'llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • nobank kredit tashkilotlarining kreditlash, moliyalashtirish imkoniyatlarini o'rganish;
  • nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish bo'yicha xalqaro tashkilotlar (Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqalar) bilan axborot almashishda, hamkorlikda qatnashish;

nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini hamda ularning faoliyati ustidan nazoratga qaratilgan choralarni ko'rishda:

  • nobank kredit tashkilotlari faoliyati nazorati texnologiyalarini joriy etishda zarur bo'lgan tegishli hujjatlarni xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda ishlab
  • chiqish;
  • Markaziy bank rahbariyati va boshqaruvini, shuningdek Bank nazorati qo'mitasini Department vakolatiga kiruvchi masalalar bo'yicha tahliliy axborotlar bilan ta'minlash;
  • nobank kredit tashkilotlarida o'tkazilgan tekshirish natijalari yuzasidan Inspeksiya departmenti tomonidan taqdim
  • etilgan tekshirish hisoboti (dalolatnomasi) bo'yicha Bank nazorati qo'mitasi muhokamasiga umumlashtirilgan
  • ma'lumotnoma tayyorlash;

Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarining nobank kredit tashkilotlari tomonidan bajarilishini nazorat qilishda:

  • nobank kredit tashkilotlari uchun moliyaviy hisobotlar tuzish; 
  • nobank kredit tashkilotlari balans ma'lumotlari va o'rnatilgan shakllarda moliyaviy ko'rsatkichlari bo'yicha hisobotlarini qabul qilish va monitoring o'tkazish;
  • nobank kredit tashkilotlari tomonidan Qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab qo'yilgan me'yorlar yoki talablar buzilgan holatlarda Qonun hujjatlarida belgilangan tegishli choralarni qo'llash yuzasidan Bank nazorati qo'mitasiga takliflar kiritish.

USD = 12937.93
+45.02
EUR = 14665.14
+152.88
RUB = 161.10
+0.76
GBP = 17349.76
+109.36
JPY = 89.86
+0.63
CHF = 15691.85
+216.02
CNY = 1795.54
+9.69
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X