- Rahbar: Djumanazarov Uchqun Xudoynazarovich
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71 212-73-93Vazifa va funksiyalar
Departamentning vazifalari:
-
Tizimli xatarlarni aniqlash;
-
Moliya tizimining tizimli xatarlarga bardoshliligini baholash;
-
Makroprudensial siyosat yoʻnalishlarini hamda vositalarni ishlab chiqish va qo‘llash.
Departamentning funksiyalari:
-
Davriy va tarkibiy tizimli xatarlar, shuningdek iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarni ifodalovchi erta ogohlantiruvchi koʻrsatkichlarni shakllantiradi, xatarlar xaritasi, moliyaviy sharoitlar va stress indekslarini hisoblaydi va tahlil qilib boradi;
-
Tizimli xatarlarni aniqlash boʻyicha ekonometrik modellarni ishlab chiqadi;
-
Makromoliyaviy sharoitlari va tendensiyalarni, boshqa davlatlar markaziy banklarining moliyaviy barqarorlik sharhlarida koʻzda tutilgan xatarlari va kutilmalarini kuzatib boradi;
-
Bank va nobank moliya sektorlarini tahlil qiladi, tizimli xatarlarni aniqlash bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazadi;
-
Uy xo‘jaligi sektorini, shuningdek aholi qarz yuki holatini tahlil qiladi, aholi orasida qarz majburiyatlari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazadi;
-
Korporativ sektorini tahlil qiladi;
-
Koʻchmas mulk bozori sektorini tahlil qiladi, uy-joylarning fundamental qiymatini aniqlash boʻyicha modellarni ishlab chiqadi;
-
Kapital bozorini tahlil qiladi, xalqaro moliya bozorlaridagi vaziyatni o‘rganib boradi;
-
“Moliyaviy barqarorlik sharhi”ni tayyorlaydi va chop etadi;
-
Top-down stress-testni amalga oshirish uchun makroiqtisodiy ssenariylarni ishlab chiqadi;
-
Makroiqtisodiy shoklarning moliya tizimiga tas’irini bog‘lovchi yordamchi ekonometrik modellarni (satellite models) ishlab chiqadi;
-
Moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlarini baholashda ekonometrik modellarini ishlab chiqadi;
-
Tizimli xatarlarga bardoshliligini baholash boʻyicha toʻlovga qobiliyatlilik, likvidlik va iqlim stress-testlarini oʻtkazadi;
-
Moliya tizimidagi o‘zaro tarqalish xatarlarini baholaydi;
-
Makroprudensial buferlar darajasini miqdoriy yondashuvlar orqali belgilash uchun ekonometrik modellarni ishlab chiqadi;
-
Makroprudensial siyosat yoʻnalishlarini ishlab chiqadi va uning boshqa makroiqtisodiy siyosat yoʻnalishlari bilan oʻzaro muvofiqligini baholaydi;
-
Makroprudensial vositalar, jumladan tizimli xatar buferini ishlab chiqadi, qo‘llaydi va takomillashtirib boradi;
-
Makroprudensial kapital buferlar darajasini belgilash boʻyicha asoslar ishlab chiqadi;
-
Kontrsiklik kapital buferi darajasini miqdoriy yondashuvlar orqali aniqlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va takliflarni tayyorlaydi.
-
Tizimli ahamiyatga ega molik banklarni aniqlash boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi va ularni belgilash bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
-
Makroprudensial vositalar samaradorligini baholaydi;
-
Moliyaviy barqarorlik kengashi kotibiyati funksiyalarini bajaradi;
- Makroprudenial siyosat asoslarini takomillashtirish yoʻnalishida tadqiqotlar olib boradi.