Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati

Yangilangan sana: 16 Iyul 2026, 17:48
  • Rahbar: Mirzayev Baxodir Botirjonovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-73-84

Vazifa va funksiyalar

Xizmatning vazifasi:

  • bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik darajasini oshirish.

Xizmatning funksiyalari:

  • Nazorat va qonun ustuvorligi: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatining ijrosini ta’minlaydi va qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

  • Tizimli muammolarni bartaraf etish: Iste’molchilar huquqlarining buzilishiga olib keluvchi tizimli kamchiliklarni aniqlaydi va ularni tuzatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

  • Hujjatlar va kanallar tahlili: Moliyaviy tashkilotlarning shartnomalari (oferta), tariflari, rasmiy veb-saytlari va aloqa kanallari talablarga javob berishini masofadan turib tekshiradi va monitoring qiladi.

  • Hisobot va tahlil: Moliyaviy tashkilotlarning risk profillarini shakllantiradi hamda iste’molchilar huquqlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy hisobotlar tayyorlaydi.

  • Qonunchilikni takomillashtirish: Sohaga oid qonun loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi va xalqaro tajribani o‘rgangan holda amaldagi qonunchilikni yaxshilash choralarini ko‘radi.

  • Muvofiqlashtirish: Markaziy bankning hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va davlatning yuqori organlari qarorlari loyihalarini ko‘rib chiqib, o‘z takliflarini beradi.

  • Ma’lumotlar shaffofligi: Moliyaviy tashkilotlar tomonidan iste’molchilarga to‘liq va haqqoniy ma’lumotlar taqdim etilishini, shu jumladan axborot texnologiyalari orqali oshkor etilishini ta’minlaydi.

USD = 11820.48
+19.25
EUR = 13766.13
+28.32
RUB = 137.51
+0.78
GBP = 16059.30
+34.41
JPY = 74.04
+0.02
CHF = 14703.92
+49.47
CNY = 1758.76
+2.76
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X