Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Monetar operatsiyalar departamenti

Yangilangan sana: 21 Iyul 2026, 20:42
  • Rahbar: Usmanaliyev Humoyun Taxirzoda

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-60-85

Vazifa va funksiyalar

Departament vazifalari:

  • pul-kredit siyosatining transmissiya mexanizmi va operatsion tizimini rivojlantirish;

  • pul-kredit siyosati instrumentlarini, shu jumladan islom moliyasi tamoyillariga asoslangan instrumentlarni takomillashtirish va joriy etish;

  • bank tizimi likvidligini prognozlash, boshqarish hamda favqulodda likvidlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini rivojlantirish;

  • pul-kredit siyosati operatsiyalari bo‘yicha risklarni boshqarish va garov ta’minoti tizimini takomillashtirish;

  • ichki valyuta bozorining barqaror faoliyatini ta’minlash;

  • valyuta bozori va pul bozori operatsiyalarini monitoring qilish hamda tahlil qilish;

  • moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirib borishda ishtirok etish;

  • hosila moliyaviy instrumentlar va xedjirlash mexanizmlarini rivojlantirish;

  • faoliyati doirasida xalqaro moliya institutlari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.

Departament funksiyalari:

  • banklararo pul bozorida likvidlik berish va jalb qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;

  • bank tizimi likvidligini prognozlash va boshqarish, zarurat tug‘ilganda favqulodda qo‘llab-quvvatlash kreditlarini ajratish mexanizmlarini amalga oshirish;

  • ichki valyuta bozori operatsiyalarini monitoring qilish, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifni tahlil qilish;

  • monetar operatsiyalar, islom moliyasi tamoyillariga asoslangan pul bozori instrumentlari hamda hosila moliyaviy instrumentlar bo‘yicha normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish va takomillashtirish;

  • moliya bozori infratuzilmasini rivojlantirish, valyuta va foiz xatarlarini boshqarish instrumentlarini joriy etish hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni amalga oshirish.

USD = 11802.19
-7.63
EUR = 13527.67
-41.81
RUB = 139.87
-0.81
GBP = 15768.91
-51.52
JPY = 75.09
-0.03
CHF = 14403.45
+22.28
CNY = 1761.49
-2.38
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X