- Rahbar: Axmedov Jamshid Yusupovich
Aloqa ma’lumotlari
Telefon: 71-212-61-22Vazifa va funksiyalar
Departamentning asosiy vazifa va funksiyalari:- O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd pul muomalasini tashkil etish bo‘yicha Markaziy bankning qonun bilan mustahkamlangan faoliyatining uslubiy ta’minoti va yo‘nalishlarini belgilash;
- naqd pullarni bank kassalari orqali aylanishini, muomaladagi va Markaziy bankning zaxira fondidagi naqd pullar miqdorini, uning o‘zgarishi, shuningdek, aholi va xo‘jalik subyektlariga ularning depozit hisobvaraqlaridan uzluksiz naqd pul mablag‘larini berilishi bo‘yicha tahlil va monitoring ishlarini olib borish;
- naqd pul oqimi va yo‘nalishlari, naqd puldagi hisob-kitoblarning holati bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilgan holda, naqd pullarni hududlar o‘rtasida qayta taqsimlashni amalga oshirish;
- banknot va tangalar strukturasi miqdori va hajmining o‘zgarib borishi bo‘yicha tahliliy hisobotlarni yuritish va takomillashtirish, muomaladagi naqd pullar hajmini optimallashtirish masalalari yuzasidan tegishli tahliliy ma’lumotlar va takliflar tayyorlash;
- pul belgilarini tayyorlash, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek eskirgan va to‘lovga yaroqsiz toifasidagi banknot va tangalarni muomaladan qaytarib olish va belgilangan tartibda yo‘q qilish borasidagi ishlarni tashkil etish;
- xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish va yaqindan tanishish (xizmat safarlariga chiqish) natijalari bo‘yicha naqd pul muomalasini tashkil etishga doir ilg‘or xalqaro tajribalarni va mahsulotlarning yangi turlarini joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va amaliyotga tatbiq etib borish;
- naqd pul muomalasini takomillashtirish, kassa ishlari va inkassatsiya xizmati ko‘rsatishning yangi mexanizmlarini joriy etish hamda ushbu yo‘nalishlarni avtomatlashtirish va ma’lumotlar almashinuvini raqamlashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish;
- muomalaga chiqariladigan yangi nominal qiymatidagi banknot va tangalarning namunalari va dizaynini belgilangan tartibda kelishgan holda tasdiqlash va muomalaga kiritilishi yoki qaytarib olinishi yuzasidan ommaviy axborot vositalari uchun ma’lumot tayyorlash.