Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Tadqiqotlar va tahlil departamenti

Yangilangan sana: 6 Okt 2026, 10:02
  • Rahbar: Vakant

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-60-09

Vazifa va funksiyalar

Departamentning asosiy vazifalari:

  • Markaziy bank faoliyatiga doir iqtisodiyotdagi dolzarb masalalar yuzasidan fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish;

  • iqtisod tarmoqlarida imkoniyatlar va xatarlarni davriy tahlil qilib borish;

  • qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish orqali mahalliy va xorijiy tadqiqot markazlari, oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari hamda ekspertlar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish;

  • Markaziy bankda tadqiqotchilar, bilim va g‘oyalarni birlashtiruvchi “Tadqiqot maydoni” faoliyatini rivojlantirish, ilmiy-tahliliy faoliyat uchun qulay muhit shakllantirish hamda tadqiqot grantlari va stipendiyalariga oid dasturlarni amalga oshirish va takomillashtirib borish;

Departamentning asosiy funksiyalari:

  • Markaziy bankning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, tadqiqot dasturlarini shakllantirish;

  • makroiqtisodiy jarayonlar, pul-kredit siyosati samaradorligi, moliyaviy barqarorlik, bank tizimi rivoji, bank sektori risklari, makroprudensial vositalar, raqamli moliya va boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqot loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish orqali mazkur yo‘nalishlarni ilmiy-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

  • xorijiy markaziy banklar tomonidan keng qo‘llaniladigan tarkibiy modellarni ishlab chiqish va O‘zbekiston iqtisodiyotiga moslashtirish;

  • tadqiqot va tahlil natijalari asosida sharhlar, tahliliy materiallar, taqdimotlar hamda amaliy takliflar tayyorlash;

  • ilmiy seminarlar, konferensiyalar, tadqiqot loyihalari va hamkorlik tashabbuslarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish.

USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X