Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

To‘lov tizimilarini rivojlantirish departamenti

Yangilangan sana: 21 Iyul 2026, 10:57
  • Rahbar: Usmanov Djamshid Kamolovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-61-29

Vazifa va funksiyalar

Departamentning asosiy vazifalari:

  • toʻlov tizimlari ishlashining barqarorligini taʼminlash, toʻlov xizmatlari bozorini rivojlantirish, naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirish hamda yangi to‘lov xizmatlarini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.

Departamentning asosiy funksiyalari:

  • Markaziy bankning Hisob-kitoblar kliring tizimi, QR-online, banklararo va tezkor toʻlov tizimlari faoliyatini rivojlantirish, xizmat koʻrsatish doirasini kengaytirish va ularning uzluksiz faoliyati bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish;

  • toʻlov xizmatlari bozorini, milliy va xalqaro bank kartalariga xizmat koʻrsatuvchi milliy toʻlov tizimlarini rivojlantirish, bank kartalari asosida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, toʻlov terminallari, bankomatlar va boshqa oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish qurilmalari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;

  • zamonaviy toʻlov vositalari va texnologiyalarini, jumladan QR-kod, NFC, mobil ilova va boshqa kontaktsiz toʻlov xizmatlarini rivojlantirish, onlayn toʻlov xizmatlarini ommalashtirish hamda aholi va biznes subyektlari uchun yangi toʻlov xizmatlarini
    joriy etish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

  • toʻlov tizimlari faoliyati, naqd pulsiz hisob-kitoblar, bank kartalari, elektron pullar muomalasi va Departament vakolatiga oid boshqa yoʻnalishlar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ularning amaliyotga joriy etilishi va ijrosini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;

  • naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, toʻlov hujjatlaridan foydalanish bilan bogʻliq munosabatlarni rivojlantirish hamda toʻlov xizmatlarining ommabopligi va samaradorligini oshirish.

USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X