- Rahbar: Ziyayev Rustam Mirzayevich v.b.
Aloqa ma’lumotlari
71 212-60-99Vazifa va funksiyalar
Departamentning asosiy vazifalari:
- toʻlovlar va toʻlov tizimlari, toʻlov xizmatlari bozorini nazorat qilish;
- toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va kuzatuvni amalga oshirish.
Departamentning asosiy funksiyalari:
- kuzatuv va masofaviy tahlil natijalariga koʻra departament oʻz vakolati doirasida tavakkalchiliklarni baholash natijalari va aniqlangan tavakkalchiliklar asosida toʻlov tizimi subyektlarini bevosita joylarda inspeksiya tekshiruvidan oʻtkazish yuzasidan Bank nazorati qoʻmitasiga axborot va taklif kiritish;
- toʻlov tizimi subyektlari tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish va toʻlov tizimida ishlash tartibi buzilgan hollarda ularga nisbatan tegishli chora va sanksiyalar qoʻllash masalasi boʻyicha Bank nazorati qoʻmitasiga taklif kiritish;
- toʻlov tizimlarining samaradorligi va ishonchlilik darajasini oshirish hamda tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida talablarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ishlarini tashkil etish.










