Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Uy-joy va ipoteka bozorini rivojlantirish boshqarmasi

Yangilangan sana: 30 Iyul 2026, 12:22
  • Rahbar: Rajabov Adxam Zaripjonovich

Aloqa ma’lumotlari

71 212 62 64

Vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning vazifalari

  • Aholini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan taʼminlash, eskrou tizimi asosida ulushli qurilishni loyihaviy moliyalashtirish, uy-joy qurilishini kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;
  • tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari, koʻp kvartirali uy-joy qurish uchun ajratilgan kreditlar hisobini yuritish va bu borada banklar faoliyatini amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini monitoring qilib borish;
  • boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari uchun taklif va mulohazalar ishlab chiqish, ularga ajratilgan kreditlar boʻyicha monitoring choralarini olib borish;
  • tijorat banklari tomonidan uy-joylar qurilishini moliyalashtirish va aholiga ipoteka kreditlari ajratilishini takomillashtirishda Xalqaro moliya institutlari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamkorlikni amalga oshirish.

Boshqarmaning funksiyalari

  • davlat uy-joy dasturlari ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, majlis bayonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini koʻrib chiqib, Markaziy bankning taklif va mulohazalarini tayyorlaydi;
  • aholini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan taʼminlash va eskrou tizimi asosida ulushli qurilishni loyihaviy moliyalashtirish, uy-joylar qurilishini kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish yuzasidan tijorat banklari va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan olib borilayotgan ishlarni monitoring qiladi;
  • “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida uy-joylar qurilishini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan pudrat tashkilotlariga qonunchilik hujjatlari va bankning ichki qoidalariga muvofiq kreditlar ajratilishini monitoring qiladi;
  • eskrou hisobvaragʻiga kiritiladigan ulushdorlarning mablagʻlari hamda loyihaviy moliyalashtirish doirasida pudrat tashkilotlariga ajratiladigan kreditlar hisobini yuritadi va bu borada tijorat banklari faoliyatini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi;
  • sekyuritizatsiya mexanizmi doirasida tijorat banklari tomonidan maxsus vakolatli tashkilotga oʻtkazilgan ipoteka kreditlari portfeli hisobini yuritadi hamda tijorat banklari tomonidan maxsus vakolatli tashkilotga oʻtkazilgan ipoteka kreditlari boʻyicha qarzdor tomonidan qaytariladigan asosiy qarz va foiz toʻlovlarini belgilangan muddatlarda ushbu tashkilotga oʻtkazilishini muvofiqlashtiradi;
  • uy-joy va ipoteka bozorining joriy holati, xorijiy ilgʻor tajribalar hamda mavjud xatarlarni yoritishga qaratilgan “Uy-joy bozori umumiy tahlili” sharhi va boshqa tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
  • tijorat banklari tomonidan uy-joylar qurilishini moliyalashtirish va aholiga ipoteka kreditlari ajratishini takomillashtirishda xalqaro moliya institutlari, vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
USD = 11889.95
-44.66
EUR = 13717.44
-70.61
RUB = 143.93
-0.71
GBP = 16044.30
-69.81
JPY = 74.66
-0.49
CHF = 14660.85
-98.75
CNY = 1762.70
-6.88
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X