Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Хalqaro hamkorlik departamenti

Yangilangan sana:  14 Fev 2024, 15:50
  • Rahbar: Abduganiyev Laziz Abduvohidovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-61-95

Vazifa va funksiyalar

Departamentning vazifalari:
  • Markaziy bankning xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari, boshqa davlatlarning markaziy banklari, chet el banklari va kompaniyalari, shuningdek davlatlararo va integratsion birlashmalar doirasida hamkorlik qilish sohasida Markaziy bankning yagona siyosatini ta’minlash;
  • faoliyatini Xalqaro valyuta fondi (XVF) bilan o‘zaro hamkorlikda yuritish;
  • Markaziy bankning kommunikatsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
  • Markaziy bank faoliyatining dolzarb jihatlari bo‘yicha jamoatchilik, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarini xabardor qilib borishni ta’minlash;
  • Markaziy bankning protokol-tashkiliy tadbirlarini amalga oshirish;
  • chet el banklari vakolatxonalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish.

Departamentning funksiyalari:
  • xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari, jumladan Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki guruhi (JBG), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Yevropa investitsiya banki (YeIB), Islom taraqqiyot banki guruhi (ITBG) bilan hamkorlik qilish masalalarida Markaziy bank manfaatlarini taqdim qilish;
  • Markaziy bankning chet el markaziy banklari, moliya muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan xorijiy banklar va tashkilotlar vakolatxonalari bilan aloqalar o‘rnatish, kengaytirish va muvofiqlashtirish;
  • Markaziy bank faoliyatini takomillashtirish va mamlakat bank-moliya sohasini rivojlantirishda xalqaro moliya institutlari, chet el markaziy banklarining texnik hamkorligini jalb qilishda masalalarni ishlab chiqish va ishlarni tashkil etish;
  • hukumatlararo va idoralararo komissiyalar (komitetlar) va kichik komissiyalar (kichik komitetlar), shuningdek davlatlaro integratsion idoralar va boshqalar doirasida Markaziy bank faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • manfaatdor bo‘linmalar bilan birgalikda hukumatlararo va davlatlararo bitimlar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining chet el mamlakatlari markaziy banklari, chet el moliya institutlari va boshqalar bilan tuziladigan bitimlari loyihalarini tayyorlash, davlat idoralari bilan kelishish, imzolash jarayonlarini bajarish;
  • davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar, xalqaro moliya institutlari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan bitimlar loyihalarini ishlab chiqish (kelishish)da Markaziy bankka tegishli qismi bo‘yicha qatnashish;
  • moliyaviy majburiyatlar va o‘zaro hisob-kitoblar ijrosini ta’minlash masalalarida Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik qilish;
  • XVF Ustav fondining IV moddasi doirasida XVFning yillik missiyasi masalalarida O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish hamda valyuta rejimi va valyuta cheklovlari bo‘yicha (AREAER) XVFning Yillik ma’ruzasini tayyorlash;
  • xalqaro moliya institutlari oldidagi majburiyatlar bo‘yicha hisob va hisob-kitoblarning yuritilishi masalalarida, ularning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha Markaziy bankning ishlarini Moliya vazirligi bilan muvofiqlashtirish;
  • xalqaro moliya institutlarining tijorat banklari bilan hamkorligi bo‘yicha faoliyatini monitoring qilib borish;
  • Markaziy bankning xalqaro moliya tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalari (kontraktlar, bitimlar) majburiyatlari bajarilishini monitoring qilib borish;
  • chet el banklari vakolatxonalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;
  • Markaziy bank tarkibiy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida ommaviy axborot vositalari va Markaziy bank rasmiy veb saytida yoritish uchun tayyorlangan axborotlarni umumlashtirish;
  • ma’lumotlar va axborot materiallarini Markaziy bank rasmiy saytida yoritish kalendarini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish;
  • Markaziy bank rasmiy sayti interfeysi va kontentini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Markaziy bank vakillarining ommaviy chiqishlarini (press-konferensiyalar, intervyular va h.k.) tashkil etish va o‘tkazish;
  • Milliy, xorijiy axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalarining Markaziy bank faoliyati to‘g‘risida materiallar tayyorlash bo‘yicha murojaatlari va so‘rovlarini ko‘rib chiqish va ko‘maklashish;
  • Markaziy bank faoliyati haqida jamoatchilik fikri hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini tahlil qilish va rahbariyatni xabardor etib borish;
  • Markaziy bankning mas’ul bo‘linmalari taqdim etgan axborotlar asosida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari so‘rovlariga tegishli departamentlar bilan birgalikda javoblar tayyorlash;
  • milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritilgan Markaziy bank faoliyatiga daxldor materiallarni o‘rganish va Markaziy bank rahbariyatini xabardor etib borish;
  • ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank sahifasini yuritish;
  • Markaziy bank bo‘linmalari taqdim etgan axborotlar asosida Davlat portalida joylashtirilishi lozim bo‘lgan materiallarni tayyorlash;
  • samarali kommunikatsiya siyosatini olib borishda xalqaro tajribalarni o‘rganish;
  • Markaziy bankdagi uchrashuvlarni tashkil etish va grafigini tuzish;
  • muzokaralar o‘tkazish va uchrashuvlar natijalari bo‘yicha Markaziy bank rahbarlari uchun tezislar va materiallar tayyorlash;
  • chet el delegatsiyalarining O‘zbekiston Respublikasiga va Markaziy bank delegatsiyasining chet elga safarlarini tashkil etish va delegatsiyalarni kuzatish;
  • Markaziy bankka tashrif buyurayotgan chet el delegatsiyalarining norasmiy dasturlarini tashkil etish;
  • chet el delegatsiyalari bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar va safarlarni tashkil etish uchun Markaziy bankning tegishli bo‘linmalari bilan ishlarni muvofiqlashtirish;
  • Markaziy bankka kelayotgan chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillariga viza olishda ko‘maklashish;
  • Xalqaro tashkilotlar va xorijiy banklar ishtirokida seminarlar, konferensiyalar tashkil etish;
  • Departamentga yuklangan vazifalar doirasida vazirliklar va idoralar bilan yozishmalar olib borish;
  • Departament vakolatiga kiradigan statistik axborotlar va ma’lumotlarni yig‘ish, jamlash va analiz qilish;
  • yillik hisobotlar tayyorlashda Markaziy bank faoliyatining xalqaro hamkorlik sohasi bo‘yicha ishtirok etish
  • xalqaro tashkilotlar, chet el markaziy banklari va moliya muassasalari va h.k. bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalari bo‘yicha Markaziy bank xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Markaziy bank aktlari va boshqa hujjatlarini takomillashtirishda Departament faoliyatiga bog‘liq masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish.

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X