Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Xavfsizlik departamenti

Yangilangan sana: 29 Iyul 2026, 19:49
  • Rahbar: Sultonov Kamoliddin Utkurovich

Aloqa ma’lumotlari

Telefon: 71-212-60-47

Vazifa va funksiyalar

Departamentning asosiy vazifalari:

  • Markaziy bank obyektlari va tarkibiy bo‘linmalarida binolarida jismoniy xavfsizlikni, kirish-chiqish rejimini hamda muhandislik-texnik qo‘riqlash tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
  • Markaziy bankning axborot tizimlari, axborot resurslari va IT infratuzilmasining axborot va kiberxavfsizligini ta’minlash hamda kiberxavflarni boshqarish.
  • Bank tizimida xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda banklar va vakolatli organlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.

Departamentning asosiy funksiyalari:

  • Markaziy bank obyektlarida kirish-chiqish rejimini tashkil etish va nazorat qilish hamda ruxsatnoma tizimini yuritish.

  • Qo‘riqlash, videokuzatuv, yong‘in signalizatsiyasi hamda boshqa muhandislik-texnik xavfsizlik vositalarining joriy etilishi, ekspluatatsiyasi va monitoringini muvofiqlashtirish.

  • Axborot tizimlari va tarmoqlarida kirishni boshqarish, axborot aktivlarini himoyalash, zaifliklarni aniqlash va axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

  • Kiberinsidentlarni monitoring qilish, tahlil etish va bartaraf etish, SOC faoliyatini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi risklarini baholash va boshqarish.

  • Bank tizimida xavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish, monitoring va tahliliy ishlarni amalga oshirish hamda metodik ko‘mak ko‘rsatish.

  • Banklar hamda kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari obyektlarining Markaziy bank xavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berilishi jarayonini muvofiqlashtirish

  • Bank tizimida xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, xavfsizlik holatini tahlil qilish hamda vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish.

USD = 11987.16
+13.68
EUR = 13393.25
-43.39
RUB = 146.29
-0.3
GBP = 16060.40
-52.31
JPY = 75.71
+0.11
CHF = 14650.65
+13.14
CNY = 1796.96
+1.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X