Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Ayollarni onlayn firibgarlikdan himoya qilish yuzasidan seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 1 Dek 2025, 16:00

Bugun onlayn firibgarlarga aldanib qolayotganlarning aksariyat qismini ayollar va voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, onlayn savdolar, “Apk” fayllar, soxta qo‘ng‘roqlarga ishonib qolmaslik borasida xotin-qizlarning ogohligini oshirish dolzarb ahamiyatga ega. 

Bu haqda Markaziy bankda "Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik" doirasida "Ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik" mavzusida o'tkazilgan seminarda ma’lumot berildi. Unda Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari va Markaziy bank tizimidagi xotin-qizlar ishtirok etishdi. 

Mutaxassislar bugungi kunda ayollarni har qanday turdagi zo‘ravonlikdan himoya qilish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga sharoit yaratish borasida yaratilgan huquqiy va psixologik imkoniyatlar bilan tanishtirishdi. Seminarda bugun avj olayotgan moliyaviy firibgarlik turlari — virusli ilovalar, bank kartalariga bo‘layotgan hujumlar, soxta akkauntlar, moliyaviy firibgarlik va piramidalarni aniqlash yo‘llari, onlayn muhitda manipulyatsiyalardan himoyalanish choralari borasida fikr almashildi.




Ulashish:

 
USD = 12165.24
-25.19
EUR = 14330.65
-32.11
RUB = 159.42
-2.67
GBP = 16470.52
-56.05
JPY = 76.49
-0.23
CHF = 15520.85
-73.92
CNY = 1783.63
-3.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X