Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Yangilangan sana: 26 Mar 2026, 12:58

2026-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol respublika tashkiloti” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bank moliya sektorida xotin-qizlar ishtirokini kengaytirish hamda ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari uchun alohida e’tirof etildi.

Bugungi kunda Markaziy bankda 200 dan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda, shulardan qariyb 27 nafari rahbarlik lavozimlarini egallagan. Bu ko‘rsatkichlar tashkilotda inklyuziv ish muhiti shakllanayotgani, ayollar salohiyati qo‘llab-quvvatlanayotgani va professional o‘sish uchun teng imkoniyatlar yaratilayotganini yaqqol namoyon etadi.




Ulashish:

 
USD = 12020.48
+4.52
EUR = 14048.33
-3.13
RUB = 158.77
-1.53
GBP = 16207.21
-15.54
JPY = 75.25
+0.03
CHF = 15273.80
-29.26
CNY = 1758.33
-0.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X