Maqolada ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash faqatgina ijtimoiy siyosat yo‘nalishi emas, balki bu davlatning huquqiy madaniyati qay darajada shakllangani, jamiyatning ma’naviy barqarorligi qanchalik mustahkam ekanini ko‘rsatuvchi ustuvor mezon ekanligi ta’kidlanadi. “Inson qadr-qimmati oliy o‘rinda bo‘lgan tizimda islohotlar faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan emas, avvalo, himoyaga muhtoj qatlam manfaatlarini qay darajada kafolatlay olishi bilan baholanadi”, – deyiladi maqolada.
“Prezidentimizning 2026-yil 3-mart kuni qabul qilingan “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimiz huquqiy siyosatini mazmunan yangi bosqichga olib chiqqan muhim hujjat sifatida namoyon bo‘lmoqda”, – deya e’tirof etiladi maqolada.