Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Moliyaviy ommaboplik alyansi xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 17 Iyul 2019, 15:16

2018 yil 17 avgustida Markaziy bank Boshqaruvi Moliyaviy ommaboplik alyansiga (Alliance for Financial Inclusion) a’zo bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Moliyaviy ommaboplik alyansi (MOA) 2008 yili a’zo mamlakatlarga moliyaviy ommaboplik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, tajriba almashish uchun maydon yaratish orqali bank xizmatlarining dolzarb masalalari bo‘yicha ishchi guruhlarini tashkil etish va o‘qitish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va kichik biznesni moliyalashtirishda ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan.

MOAga hozirgi paytda 104 institut kirgan bo‘lib, ularning 91 tasi dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari (markaziy banklar, moliyaviy regulyatorlar, assotsiatsiyalar)dir. MOA shtab-kvartirasi Kuala-Lumpur (Malayziya) shahrida joylashgan.

Moliyaviy ommaboplik alyansi Markaziy bankka xalqaro tajribani o‘rganish va bank xizmatlari ommabopligini va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish, shuningdek bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy dasturlarni ishlab chiqish uchun yetakchi ekspertlarni jalb qilishda yordam beradi.

Ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni va 2018 yil 23 martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida bank xizmatlari ommabopligi va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish, shuningdek bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan edi.




Ulashish:

 
USD = 12860.09
-5.57
EUR = 13515.95
+5.72
RUB = 123.64
-1.5
GBP = 16409.47
+31.48
JPY = 84.31
+0.05
CHF = 14504.95
-44.03
CNY = 1770.14
+0.47
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X