Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank Raisi 2018 yilning 10-12 mayida Bishkekda Qirg‘iziston Respublikasi milliy valyutasining amalga kiritilganining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

Yangilangan sana: 17 Iyul 2019, 15:18

2018 yilning 10-12 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi M.Nurmuratov rahbarligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasining milliy valyutasi amalga kiritilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Tashrifning birinchi kuni – 2018 yilning 10 mayida Qirg‘iziston Respublikasi Milliy banki Raisi Tolkunbek Abdigulov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun banklararo o‘zaro hamkorlik, pul-kredit siyosati va banklar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari muhokama etildi. Tomonlar makroiqtisodiy modellashtirish, qimmatbaho metallardan tayyorlangan o‘lchovli yombilarni ishlab chiqarish va sotish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, kommunikatsiya siyosati masalalarida markaziy banklar o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish zarurligini qayd etishdi.

O‘z navbatida Markaziy bank Raisi M.Nurmuratov Qirg‘iziston milliy valyutasi – somning muomalaga kiritilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan Milliy bankni muborakbod etdi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda Milliy bankka yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga muvaffaqiyat tiladi.

Qirg‘iziston Respublikasi milliy valyutasi - somning amalga kiritilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya «Ala Archa» davlat qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S.Sh.Jeenbekov, Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshining vitse-spikeri A.S.Koduranova, Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.M.Askarov, Xalqaro valyuta fondi direktori o‘rinbosari T.Chjan, Shveytsariya Milliy banki Raisi T.Yordan, Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki Raisi D.Akishev, Rossiya banki direktorlar Kengashining a’zosi S.Ignatev, Gruziya Milliy banki Raisi K.Gvenetadze, Moldova Milliy banki vitse-prezidenti I.Struzu, Chexiya Milliy banki Boshqaruvi a’zosi M.Mora, shuningdek xalqaro moliya institutlari, MDH mamlakatlari markaziy (milliy) banklari, banknotlar ishlab chiqarish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.




Ulashish:

 
USD = 12865.66
-8.36
EUR = 13510.23
-48.69
RUB = 125.14
-3.07
GBP = 16377.99
-42.82
JPY = 84.26
-0.66
CHF = 14548.98
-72.28
CNY = 1769.67
-4.39
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X