Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankning Jahon banki bilan hamkorligi

Yangilangan sana:  17 Iyul 2019, 15:28

1992 yilning sentabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Jahon bankining to‘la huquqli a’zosi xisoblanadi.

O‘zbekiston Jahon bankiga a’zo mamlakatlar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘izston, Polsha, Serbiya, Shveytsariya, Tojikiston va Turkmaniston bilan birgalikda shveytsariya-guruhi tarkibiga kiradi.

1992 yilning sentabr oyida Toshkent shahrida Jahon bankining vakolatxonasi ochildi. 2017 yilning mart oyidan boshlab uni janob Xideki Mori boshqarmoqda.

Hozirda Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ofisi bo‘lib Investitsiyalar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi hisoblanadi.

O‘zbekistonda 2017 yilda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni munosabati bilan Markaziy bankning Jahon banki guruhi bilan hamkorligi sezilarli darajada faollashdi.

2017 yilning sentabr oyida global amaliyoti menedjeri Alfonso Garsiya Mora rahbarligidagi Jahon banki delegatsiyasining tashrifi natijasida kelishuv yakuni, shuningdek, 2017 yilning oktabr oyidagi XVF va Jahon banki yillik majlisida O‘zbekiston delegatsiyasining yakuni bo‘yicha Markaziy bankning Jahon banki guruhi bilan hamkorligi bank sektorini takomillashtirish, shu bilan birga, davlat islohotlarini amalga oshirilishi natijasida moliyaviy sektorda namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni bartaraf qilish bo‘yicha keng doiradagi masalalar bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.

2017 yilning IV choragida ikki yo‘nalish bo‘yicha ish boshlandi: bank boshqaruvi va nazorati me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish hamda tijorat banklarning stress-testdan o‘tkazishning metodologiyasini ishlab chiqish.

Markaziy bank xodimlari Jahon banki mutaxassislari bilan birgalikda bir nechta videokonferensiyalar tashkil etildi va unda asosiy mavjud muammolar aniqlandi hamda stress-test o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar muvofiqlashtirildi.

Markaziy bankning 4 nomativ hujjatlarining qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari grafigi ishlab chiqildi: “Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” (reg.№2693, 06.07.2015), “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” (reg.№2696, 14.07.2015), “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” (reg.№2709, 13.08.2015), “tijorat banklarining O‘zbeksiton Respublikasi Markaziy bankiga topshiriladigan bank nazorati bo‘yicha hisobotini to‘ldirish bo‘yicha tavsiyalar”. 2018 yilning mart oyining oxirida ularni mukammallashtirish bo‘yicha ishlar tugatilishi nazarda tutilmoqda.

Moliyaviy sektor va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 12 dan 15 dekabrgacha bo‘lgan davrda Jaxon bankining texnik ko‘magi missiyasi Markaziy bankda bo‘ldi va Kredit tashkilotlarini prudensal nazorati va kredit tashkilotlarini inspeksiya qilish departamenti xodimlariga konsultatsiya berdi.

Keyingi birgalikdagi faoliyat risklarni boshqarish va korporativ boshqaruv bo‘yicha nizom, shuningdek, joylarda inspeksiya qilish metodologiyani ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Ushbu me’yoriy xujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha tafsilotlar joriy yilning mart-aprel oylariga rejlashtirilgan Jahon banki mutaxassilarining uchinchi missiyasi jarayonida muhokama qilinadi.

Stress-testlash yo‘nalishida ushbu jarayonda Markaziy bank xodimlarining faol ishtirokida ularni o‘qitish va malakalarini takomillashtirishda 2-3ta yirik tijorat bankida stress-testlashnia amalga oshirish misolida uning metodologiyasini ishlab chiqish borasida Jaxon banki ekspertlarining texnik ko‘magini olish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Jahon bankining 2017 yilning sentabr oyidagi missiya yakuni Ma’lumotnomasida ko‘rsatib o‘tilgan taklif asosida, o‘rta muddatli (3-5 yil) istiqbolda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari ishlab chiqilmoqda:

  • banklarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha maslahat (ayrim banklarni moliyaviy holatini tahlil qilish asosida risklarni aniqlash, oqibatlarini yengillashtirish va korrektirovka qilish chora-tadbirlari bo‘yicha tavsiyalar berish, potensial restruktizatsiya yoki sog‘lomlashtirishni hisobga olgan holda).
  • tijorat banklaridagi tanklik vaziyatlarni boshqarish metodologiyasini ishlab chiqish
  • bank tizimida Bazel III joriy etish ta’sirini miqdoriy tadqiqot o‘tkazish hamda ushbu o‘tish jarayonini ishlab chiqish.
  • omonatlarni sug‘urta qilishni tizimi modernizatsiyalash
  • moliviy sektorni baholash Dasturlari doirasida baholashni amalga oshirish.



Ulashish:

 
USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X