Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Narxlar va iqtisodiy kutilmalarni o‘rganish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi

Yangilangan sana: 10 Mar 2026, 12:14

Majburiyatlar:

  • Uslubiy qo‘llanmalarda belgilangan tartibda hududdagi tanlab olingan savdo va hizmat ko‘rsatish obyektlarida tuzilgan isteʼmol savati tarkibiga kiruvchi isteʼmol tovarlari va hizmatlari narxlar dinamikasini kuzatish ishlarida qatnashish, Iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarni aniqlash va hisoblash maqsadida aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, Narxlar dinamikasini kuzatish jarayonida sezilarli darajadagi oshish yoki pasayish qayd etilgan holatida narxlarning o‘zgarishi sabablarini shuningdek, isteʼmol tovarlariga bo‘lgan talab va uning taklifidagi o‘zgarishlarni o‘rganib borish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inflyatsion xatarlar to‘g‘risida tezkor axborotlar tayyorlash.

  • Iqtisodiyotidagi joriy xolatni tahlil qilish hamda iqtisodiy o‘sish jarayonlarini prognozlashtirish maqsadida viloyatda iqtisodiyot real sektori korxonalari bo‘yicha davriy (choraklik) so‘rovnoma o‘tkazish ishlarida qatnashish. Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida mamlakat hududiga kirib keluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va mamlakatdan chiqib ketuvchi chet el fuqarolari o‘rtasida uslubiy qo‘llanmaga asosan statistik so‘rovlar o‘tkazish ishlarida qatnashish. Iqtisodiyotda narxlar darajasi o‘zgarishini va inflyatsion kutilmalarni komponentlar va omillar bo‘yicha tahlil qilib borish.

  • Hudud iqtisodiyotidagi inflyatsiyaning monetar va nomonetar omillarini aniqlash va ularning inflyatsiyaga taʼsirini baholash bo‘yicha tahliliy ishlarni amalga oshirish. Hududda inflyatsiyaning past darajada bo‘lishini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va inflyatsiya jarayonlari to‘g‘risida hisobotlar taqdim etib borish.

Talablar:

  • Maʼlumoti: Bank ishi, moliya-iqtisodiyot bo‘yicha oliy maʼlumot.

  • Ish tajribasi: Bank tizimida kamida 1 yillik ish tajribasi talab etiladi

  • Xalqaro va milliy sertifikatlarning mavjudligiga ustuvorlik beriladi.

  • Davlat tilini mukammal bilishi, barcha xat-hujjatlarni kirill va lotin alifbosida orfografik va grammatik xatolarsiz yoza olishi lozim.

  • Chet tillarni bilish darajasi: rus tili - B1 darajasida.

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi hamda bank tizimiga doir boshqa turdagi qaror va farmonlardan xabardor bo‘lish lozim.

  • MS Office (Word, Excel, Power Point, Outlook) dasturlarida erkin ishlay olishi lozim.

  • Masʼuliyatli hamda jamoa bilan ishlay olishi, yangiliklarga intiluvchan, o‘z ustida ishlay olishi lozim.

Rezyume jo‘natish

Ariza berish uchun, namunani yuklab oling, uni quyida keltirilgan forma yordamida to’ldiring va jo’nating.

xlsx 22.2 КБ
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining resume shakli
Faylning maksimal hajmi 3.00 MB
* To‘ldirish majburiy bo‘lgan katakchalar
Rezyume jo‘natildi

O‘zbekison Respublikasi Markaziy banki siz tomoningizdan yuborilgan arizani ko’rib chiqadi.

Sizning nomzodingizga qiziqish paydo bo’lgan taqdirda, xodimlarni jalb qilish bo'yicha mutaxassislar siz bilan albatta bog'lanadi.

USD = 12165.24
-25.19
EUR = 14330.65
-32.11
RUB = 159.42
-2.67
GBP = 16470.52
-56.05
JPY = 76.49
-0.23
CHF = 15520.85
-73.92
CNY = 1783.63
-3.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X