O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat va ichki audit tizimini takomillashtirish borasida bir haftalik o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaziy bankning Komplaens-nazorat va ichki auditni amalga oshiruvchi xodimlar hamda hududiy boshqarmalar bosh auditorlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilari Markaziy bankning asosiy vazifalari, xususan, pul-kredit siyosati va pul bozoridagi operatsiyalar, prudensial nazorat, inspeksiya tekshiruvlari va valyuta nazoratini amalga oshirish, xaridlarga oid masalalar, kadrlar bilan ishlash, to‘lov tizimlarini tartibga solish, axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash hamda boshqa yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarini boyitishdi. Shuningdek, korrupsion risklarni aniqlash, baholash hamda minimallashtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish hamda ichki auditni xalqaro tajribalar asosida takomillashtirishga oid malakalarini ham oshirish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ishtirokchilar mazkur yo‘nalishdagi muhim tashkiliy-huquqiy islohotlarga doir qarashlari, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli ishlar borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi.