Markaziy bank tomonidan respublikamizning barcha hududlarida aholi va tadbirkorlar bilan bank tizimidagi mavjud muammolar va korrupsiyaning oldini olish masalasiga bag‘ishlangan ochiq muloqotlar tashkil etildi.
Ochiq muloqotlarda korrupsiya o‘ta xavfli jinoyat hisoblanib, insonning hayoti, sog‘ligi, mulkiga hamda jamiyatga katta xavf tug‘diradigan illat ekanligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, Markaziy bankning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki me’yoriy hujjatlari mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan muhim tashkiliy-huquqiy islohotlarga doir qarashlari, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli ishlar borasida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirlarda hududlardagi aholi va tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, joyida ijobiy hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.