Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, bank tizimida korrupsiya holatlarining oldini olishdagi dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.
Muloqot davomida bank tizimi xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini doimiy ravishda oshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, korrupsiya bilan bog‘liq boshqa jinoyatlarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham ma’lumot berildi.
Ishtirokchilarga sohadagi yangiliklar va qonun xujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlar, shuningdek, odob-axloq qoidalariga rioya etish, korrupsiya bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.