O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasiga “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha muvofiqlik sertifikati topshirildi.
“Davlat belgisi” DUKda mazkur tizimni joriy etish bo‘yicha “CERT International” kompaniyasi ekspertlari tomonidan sertifikatsiyalash auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Audit natijasiga ko‘ra, korxonaning “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” ISO 37001:2016 xalqaro standart talablarini qo‘llashga muvofiqligi tasdiqlandi.
Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimi” xalqaro standarti – korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishga va korrupsiya xavfini minimallashtirishga xizmat qiladi.