Markaziy bank tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishining asosiy sabablari, xodimlarning manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish chog‘idagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar, jumladan, qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar jonli muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ul xodimlar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.