Joriy yil 27-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Markaziy bank va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati hamda tijorat banklarining boshqaruv raislari va masʼul oʻrinbosarlari ishtirokida bank tizimida korrupsiyaning oldini olish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirda joriy yilning 5-mart kuni davlatimiz rahbari raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan ustuvor vazifalarga batafsil toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga baho berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

