Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Joriy yilning 14-17-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ISO 37001:2025 Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti talablari asosida maxsus o‘quv kursi tashkil etildi.

Yangilangan sana: 27 Okt 2025, 17:56

So'ngi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish, korrupsiyaviy qonunbuzarliklarni sodir etilishining sabablari va omillarini aniqlash, ularni bartaraf etish, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Markaziy bank tizimida ham korrupsiyaning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar, shart-sharoitlar va xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar ko‘rib borilmoqda.

Jumladan, Joriy yilning 14-17-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida “Cert academy Group” xalqaro trening tashkiloti tomonidan ISO37001:2025 “Korrupsiyaga qarshi xalqaro standarti” talablari asosida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi menejeri - ichki auditori yo'nalishida Markaziy bankning Komplayens-nazorat xizmati barcha xodimlari hamda korrupsiya xavf-xatari o‘rta baholangan tarkibiy bo‘linmalar xodimlari xalqaro standart talablari yuzasidan o‘qitildi.

O‘qitish jarayonida, ISO 37001:2025 xalqaro standartining ahamiyati, mohiyati, belgilangan talablari va Markaziy bank tizimida joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarida erishiladigan natijalarga atroflicha to'xtalib o'tildi.

Standart talablariga muvofiq o‘tkazilgan o‘quv kurslarida Markaziy bank xodimlari faol ishtirok etishib, kurs yakunlari bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha xodimlarga xalqaro standart sertifikatlari topshirildi.

  






Ulashish:

 
USD = 12128.46
-36.78
EUR = 14304.31
-26.34
RUB = 159.04
-0.38
GBP = 16412.23
-58.29
JPY = 76.26
-0.23
CHF = 15499.63
-21.22
CNY = 1777.58
-6.05
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X