Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
420

“To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaror yuzasidan sharh

Yangilangan sana: 11 Iyul 2024, 15:40

Markaziy bank boshqaruvining “To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 4-iyulda 3431-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PQ–381-sonli qaroriga muvofiqlashtirish maqsadida nizomda to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi, to‘lov tizimi operatori ustav kapitalining eng kam miqdori 50 mlrd so‘mni, to‘lov tashkiloti uchun 10 mlrd so‘mni va 2025-yil 1-iyuldan 20 mlrd so‘mni tashkil etishi lozimligi belgilandi.

Bundan tashqari, litsenziya da’vogari tomonidan taqdim etiladigan arizaga antifrod tizimi tavsifi ilova qilinishi belgilanayotgan bo‘lib, bu orqali bozorga yangi kirib kelayotgan sub’yekt hali faoliyatini boshlamasidan rejalashtirilgan faoliyat davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni oldini olishga ijobiy ta’sir etishi kutilmoqda.

Shuningdek, ushbu nizomning amaliyotga joriy qilinishi orqali to‘lov xizmatlari bozori sub’yektlarining likvidliligi, majburiyatlarini bajara olishi va moliyaviy firibgarlik holatlarining oldini olish bilan bog‘liq masalalar o‘z yechimini topishiga hissa qo‘shiladi.

Batafsil ushbu havolada: https://lex.uz/3431-1.pdf
Raqam: 3431-1
Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 04 iyul 2024 y.
lex.uz -
Raqam: 3431-1



Ulashish:

 
USD = 12909.64
-28.56
EUR = 14908.05
+197.32
RUB = 159.75
+0.24
GBP = 17300.21
+128.63
JPY = 91.78
+0.91
CHF = 16026.87
+225.45
CNY = 1771.57
+0.14
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X