Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Banklarni ro'yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida”gi nizomga kiritilgan o'zgartirishlar yuzasidan sharh

Yangilangan sana:  19 May 2019, 13:40

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan 2011 yil 5 noyabrdagi 34/5-sonli "Banklarni ro'yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomga o'zgartirish va qo'shimchalar  kiritish haqida”gi Qarori 2011 yil 14 dekabrda Adliya vazirligida 2014-3-son bilan davlat ro'yxatiga olindi.

Mustaqillikning o'tgan davri davomida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalari kabi bank tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, bank tizimini tartibga soluvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar talablari amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida takomillashtirildi.

Shular jumlasiga “Banklarni ro'yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to'g'risida”gi Nizomga kiritilgan o'zgartirishlarni ko'rsatish mumkin. Mazkur o'zgartirishlar O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunining 51-moddasi va “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining 11-moddasiga va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 oktyabrdagi 283-son “Byurokratik to'siqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funktsiyalarini qisqartirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.

Shunga muvofiq Nizomga bir qator o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, ular quyidagi tahrirda bayon qilindi. Xususan:

Nizomning 68-bandining birinchi xatboshisiga muvofiq, bankni tashkil etish uchun dastlabki ruxsatni berishda hujjatlarni qayta ko'rib chiqish uchun taqdim etish muddati o'n besh ish kundan oshmasligi lozim edi. Kiritilgan o'zgartirishlarga binoan, 2011 yilning 24 dekabridan boshlab esa hujjatlarni qayta ko'rib chiqish uchun taqdim etish muddati kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi ta'kidlab o'tildi.

Bundan tashqari, tijorat banklari to'g'risidagi ma'lumotlarning foydalanuvchilar uchun ommaboplik darajasini yanada oshirish maqsadida Nizomning 73-bandiga muvofiq, litsenziyalarning reestrlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar Markaziy bankning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo'ladi.

Shuningdek, Nizomning 97-bandiga muvofiq qabul qilingan o'zgartirishga ko'ra bank filiallari qonun hujjatlariga asosan bank Kengashi qaroriga binoan Markaziy bankdan oldindan rozilik olinishi bekor bo'ladi va o'z navbatida yuqoridagi band talablarini bekor bo'lganligini inobatga olib,  Nizomning 98 - 102-bandlari o'z kuchini yo'qotadi.

Tijorat banklarini ro'yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish, filiallar ochilishida tegishli hujjatlarni yanada oydinlashtirish, foydalanuvchilar uchun ma'lumotlarning ommabopligini ta'minlash kabi kiritilgan bunday o'zgartirishlar tijorat banklari o'rtasidagi erkin raqobat muhitini yanada shakllanishida ijobiy natija beradi deb hisoblaymiz.

Sh. Xaliyarov

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash
va tartibga solish departamenti direktori o'rinbosari

Ro’yxatdan o’tish muddati: 04 fevral 2016 y.
docx 13.0 КБ
Yuklab olish



 
USD = 10529.73
+17.89
EUR = 12808.36
+111.11
RUB = 142.32
+0.48
GBP = 14838.50
+206.02
JPY = 96.82
+0.5
CHF = 11690.61
+108.59
CNY = 1641.88
+13.15
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X