Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar yuzasidan sharh

Yangilangan sana:  19 May 2019, 13:40

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan «Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to'g'risidagi Yo'riqnoma»ga o'zgartirish va ko'shimchalar tasdiqlandi hamda Adliya vazirligida 2011 yil 3 iyunda 1728-1-son bilan davlat ro'yxatiga olindi.

Ushbu o'zgartirish va qo'shimchalar o'z navbatida mikrokredit tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga ham tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishni taqozo etdi. Zero, buxgalteriya hisobiga kiritilgan har qanday o'zgarish hisobvaraqlar rejasidagi mos hisobvaraqlarda aks ettirilishi lozim.

Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011 yil 21 maydagi 16/5-sonli qarori bilan "Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya  hisobi hisobvaraqlari rejasi”ga o'zgartirish va qo'shimchalar tasdiqlandi va Adliya vazirligida 2011 yil 24 iyunda 1639-1-son bilan davlat ro'yxatiga olindi.

O'zbekiston Respublikasi “Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida”gi Qonunining 16-moddasi va “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini  litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom”ning (ro'yxat raqami 2093, 2010 yil 13 aprel) VIII-bobiga muvofiq, mikrokredit tashkiloti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda filiallar tashkil etishga haqli ekanligi sababli bosh ofis va filiallar o'rtasida hisob-kitoblar hisobini yurituvchi “16100-Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag'lar”, “16102-Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag'lar - Moliyaviy mablag'lar”, “16104-Bosh ofis va (yoki) filiallardan olinadigan mablag'lar – Boshqa aktivlar”, “22200-Bosh ofis va (yoki) filiallarga to'lanadigan mablag'lar, “22203-Bosh ofis va (yoki) filiallarga to'lanadigan mablag'lar – Moliyaviy mablag'lar”, “22205 – Bosh ofis va (yoki) filiallarga to'lanadigan mablag'lar – Boshqa aktivlar” yangi hisobvaraqlar kiritildi.

1728-1-sonli o'zgartirish va qo'shimchalarga muvofiq, chet el valyutasida ifodalangan aktiv va majburiyatlarning Markaziy bank kursi bo'yicha qayta baholashda yuzaga keladigan farqlar hisobini yurituvchi yangi “19927-Chet el valyutasi kursi o'zgarishi natijasida muddati uzaytirilgan xarajatlar”, “22816-Chet el valyutasi kursi o'zgarishi natijasida muddati uzaytirilgan daromad”, “45400-Chet el valyutasi kursi o'zgarishi natijasida olingan foyda”, “45401-Chet el valyutasi kursi o'zgarishi natijasida olingan foyda”, “55300-Chet el valyutasi kursi o'zgarishi natijasida ko'rilgan zarar”, “55301-Chet el valyutasi kursi o'zgarishi natijasida ko'rilgan zarar” hisobvaraqlar kiritildi.

O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 19-bobiga muvofiq mikrokredit tashkilotlari yuridik shaxs sifatida foyda solig'i to'lashini inobatga olib hamda soliq to'lovining hisobini taomillashtirish maqsadida «19931-Muddati uzaytirilgan soliqlar», «22502-Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari», «22504-Hisoblangan boshqa soliqlar», «22508-Muddati uzaytirilgan soliqlar», 56714 Soliq (daromad solig'idan tashqari) va litsenziyalar, «56900-Daromad solig'ini baholash», «56902-Daromad solig'ini baholash» hisobvaraqlari nomi va ta'rifiga tegishli o'zgartirishlar kiritildi.

1728-1-sonli o'zgartirish va qo'shimchalarga muvofiq hamda mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan grant mablag'larining hisobini takomillashtirish maqsadida, mazkur o'zgartirish va qo'shimchalarda yangi «22814-Grant mablag'lari», «45917-Grant mablag'laridan olingan daromad” hisobvaraqlar kiritildi hamda shunga mos ravishda “31700-Grant mablag'lari va «31701-Grant mablag'lari» hisobvaraqlari nomi va ta'rifi yangi tahrirda berildi.

Mikrokredit tashkiloti faoliyatidan olingan foyda hisobidan ta'sischilarga dividendlar to'lovi uchun hisobvaraqlar rejasiga alohida yangi «29807-To'lanishi lozim bo'lgan dividendlar» hisobvaraq kiritildi.

O'zbekiston Respublikasi «Mikrokredit tashkilotlari to'g'risida»gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, mikrokredit tashkiloti ishlab chiqarish, sug'urta, savdo-vositachilik va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyat bilan bevosita shug'ullanishga haqli emas. Shu munosabat bilan mikrokredit tashkilotlarining tijorat operatsiyalari bilan shug'ullanmasligini hisobga olib, «55600 va 55602» kodli hisobvaraqlarning ta'riflari chiqarib tashlandi.

Xulosa qilib aytganda, mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar bilan joriy etilgan yangi hisobvaraqlar mikrokredit tashkiloti aktiv va majburiyatlari, daromad va xarajatlarini aniq baholash orqali faoliyatini boshqarishni engillashtirish va samaradorligini oshirishga asos bo'lib xizmat qiladi.

Mikrokredit tashkilotlari ushbu o'zgartirish va qo'shimchalardan kelib chiqib, amaliyotga joriy etish bo'yicha tegishli choralar ko'rishlari va mazkur hujjat talablariga og'ishmay amal qilishlari lozim.

M. MARPATOV

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Buxgalteriya hisobi, hisoboti va davlat
byudjeti kassa ijrosi departamenti
 direktori o'rinbosari, i.f.n.

Ro’yxatdan o’tish muddati: 04 fevral 2016 y.
docx 13.4 КБ
Yuklab olish



Ulashish:

 
USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X