Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankning “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risida”gi nizomga sharh

Yangilangan sana:  19 May 2019, 13:40

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reytingko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida” 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli va “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-sonli Qarorlarida moliya bank faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish, xususan umum qabul qilingan xalqaro me'yor va standartlarga muvofiq bank faoliyatini tashkil etishning yanada yuqori darajaga chiqishini ta'minlash asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Jumladan, bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining yangi tavsiyalariga (Bazel III standartlari) muvofiq, tijorat banklarida aktivlarining sifatini tasniflash va ular bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga qarshi zaxiralar yaratish jarayoni yanada takomillashtirildi.

Markaziy bank tomonidan Jahon banki va Halqaro valyuta jamg'armasining halqaro ekspertlari bilan birgalikda respublika bank nazoratiga oid me'yoriy xujjatlarni xalqaro standartlar, shu jumladan bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining yangi tavsiyalari asosida takomillashtirish loyihasi asosida amalga oshirildi.

Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to'g'risida”gi Nizom O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi 2015 yil 13 iyundagi 14/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 14 iyulda 2696-son bilan davlat ro'yxatiga olingan.

Mazkur nizomda aktivlarni tasniflash toifalarining nomlari jumladan, “yaxshi” kreditlar – “standart” kreditlarga, “standart” kreditlar – “substandart” kreditlarga, “substandart” kreditlar – “qoniqarsiz” kreditlarga o'zgartirilgan.

Banklar soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar to'langandan so'ng qolgan foyda hisobidan ushbu nizom kuchga kirgan sanadan e'tiboran ajratilib, hisobot sanasiga “standart” sifatida tasniflangan kreditlar (aktivlar) qoldig'iga 1 foiz miqdorida zaxiralar tashkil qilinishi joriy qilindi.

Mazkur zaxira “Standart” deb tasniflangan kreditlarning bank kapitali tarkibida zaxiralar yaratiladi va bu bankning moliyaviy barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Mazkur nizomda tijorat banklari tomonidan qorxonalarning qimmatli qog'ozlariga qilingan investitsiyalarini tasniflashning aniq omillari ko'rsatilgan. Jumladan,

oxirgi bir yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya – “qoniqarsiz” sifatida;

oxirgi ikki yil davomida tijorat bankiga daromad keltirmagan investitsiya – “shubhali” sifatida;

oxirgi uch yil davomida daromad olinmagan investitsiya sifati –“umidsiz” sifatida tasniflanadi.

Nizomda keltirilgan buxgalteriya o'tkazmalari amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirildi hamda ular to'ldirildi.

Yuqorida keltirilgan qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari tomonidan muddati o'tgan, sud jarayonidagi kreditlarni undirish va bank balansiga olingan mol-mulklarni sotish bo'yicha choralarni yanada kuchaytiradi va banklarning moliyaviy barqarorligini oshirish imkoniyatini yaratadi, pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishini ta'minlaydi.

Ushbu Nizom kuchga kirishi munosabati bilan Markaziy bankning “Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi (ro'yxat raqami 632, 11.02.1999 y.) va unga o'zgartirish va qo'shimchalar o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'g'risida”gi Qarori o'rnatilgan tartibda Adliya vazirligidan 2015 yil 14 iyulda 632-3-sonli bilan ro'yxatdan o'tkazilgan.

Yuqoridagi nizomlar rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab uch oydan keyin kuchga kiradi.




 

Ro’yxatdan o’tish muddati: 04 fevral 2016 y.
docx 13.4 КБ
Yuklab olish



 
USD = 10490.65
+12.79
EUR = 12513.25
-93.71
RUB = 140.52
-1.32
GBP = 14499.13
-95.48
JPY = 96.73
-0.88
CHF = 11288.77
-61.96
CNY = 1617.98
-1.6
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X