Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5006

“Elektron hukumat” tizimi tarkibida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Yangilangan sana: 22 Fev 2020, 00:12

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O'zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-1989-sonli qarori bilan Markaziy bankning “Chakana to'lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini yaratish hamda xizmat ko'rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash” loyihasi respublika “Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari tarkibiga kiritildi.

Mazkur qaror ijrosini bank tizimida samarali ta'minlash maqsadida Markaziy bankning 2013 yil 29 iyundagi 710-sonli Farmoyishi qabul qilingan bo'lib, Markaziy bank, tijorat banklari va YaUPM xodimlaridan iborat Ishchi guruhi tashkil etilgan va Kliring tizimini amalga oshirish bo'yicha Chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Mazkur Kliring tizimini yaratishning tarmoq grafigi ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini 2013-2020 yillarda rivojlantirish respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlandi va uning asosida Kliring tizimini amalga joriy qilish tarmoq grafigi ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari tomonidan tasdiqlandi.

Shuningdek, Kliring tizimini tatbiq qilish grafigi, Kliring tizimini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, DAK “O'zbekenergo”, AK “O'ztransgaz” va tijorat banklarining axborot tizimlari bilan birgalikda ishlashining Texnologik instruktsiyasi ishlab chiqildi hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, DAK “O'zbekenergo”, AK “O'ztransgaz” bilan tizimning ishini ta'minlash va undan samarali foydalanish bo'yicha Bosh Kelishuvlar tasdiqlandi.

Markaziy bankda doimiy ravishda xodimlarning axborot texnologiyalari sohasida malakasini oshirish masalasiga e'tibor qaratiladi. Jumladan, o'quv kurslarini o'tkazish reja va grafiklari ishlab chiqilib, tasdiqlangan:

- “MB xodimlarining axborot texnologiyalari sohasida 2014-2015 yillarda malakasini oshirish tematik kurslari Rejasi” 2014 yil 20 fevralda tasdiqlangan;

- To'lov tizimi va axborot texnologiyalari departamenti mutaxassislarini maxsus kurslarda 2013-2014 yillarda o'qitish Grafigi 2013 yil 12 iyulda tasdiqlangan;

- Doimiy o'quv kurslari “Bank tizimida axborot xavfsizligini ta'minlashning dolzarb muammolari va ularni bartaraf qilish usullari hamda axborot ob'ektlarini attestatsiyadan o'tkazishning ahamiyati” dasturi 2013 yil 12 iyulda tasdiqlangan.

O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo'mitasi tomonidan “Elektron hukumat” mavzusida tashkil qilingan dasturi bo'yicha 2014 yil yanvarь va mart oylarida o'quv kurslarida qatnashib, maxsus sertifikatlarga ega bo'lishdi.

Shuningdek, maxsus tuzilgan shartnoma bo'yicha 2013-2014 yillarda To'lov tizimi va axborot texnologiyalari departamenti mutaxassislarini maxsus sertifikatlar bilan ta'minlash uchun HTML, CSS, osnovi JavaScript i Windows Server 2008 – Server Administrator MCITP yo'nalishlari bo'yicha o'qitish rejasi tasdiqlangan bo'lib, amalga oshirilmoqda.

2015 yil 24 fevralda Markaziy bankda Markaziy bankning davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsion va funksional jarayonlarini tizimli tahlil etish va maqbullashtirishni tashkil etish mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari operatsion va funksional jarayonlarini maqbullashtirish bo‘limi boshlig‘i Ikromjon Nasrullayev hamda Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.


USD = 12825.01
+12.71
EUR = 13552.19
+19.84
RUB = 128.62
+0.25
GBP = 16199.27
-10.85
JPY = 82.86
+0.39
CHF = 14475.18
+53.41
CNY = 1770.85
-1.91
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X