Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2024-yil uchun moliyaviy barqarorlik sharhi e’lon qilindi

Yangilangan sana: 27 Iyun 2025, 12:00

2024-yilda O‘zbekistonda moliyaviy sharoitlar yengillashdi va bank tizimida moliyaviy barqarorlik saqlanib qoldi. Bank tizimida moliyaviy stress darajasining pasayishi, kapital monandlilik ko‘rsatkichlarining yuqori darajada shakllanishi hamda likvidlilikning yetarli bo‘lishi ushbu barqarorlikni ta’minlovchi asosiy omillar sifatida ko‘rsatildi.

Makroiqtisodiy barqarorlik

2024-yilda YaIM o‘sish sur’ati 6,5 foizni tashkil etib, ichki talabning kuchayishi bilan asoslandi. Shu bilan birga, valyuta bozoridagi bosimning kamayishi va inflyatsiya darajasining mo‘tadillashuvi O‘zbekiston moliyaviy sharoitlar indeksining ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ldi.

Bank tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar

Banklar kapitalining monandlilik koeffitsiyenti 17 foiz darajasida saqlanib, o‘rnatilgan minimal talablardan yuqori ekanligi qayd etildi. Likvidlilikni qoplash koeffitsiyenti (LCR) 194 foizga va sof barqaror moliyalashtirish koeffitsiyenti (NSFR) 115 foizga yetdi. Ushbu ijobiy holat banklar xataralarga bardosh bera olishini ko‘rsatadi.

Aholi qarz yuki holati

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar o‘sishi davom etmoqda. Uy xo‘jaliklari sektorida qarz yukining ortayotgani ayni paytda xavotirlarga sabab bo‘lmoqda:
2024-yilda aholining umumiy qarz yuki (DSTI) 34 foiz, qarz yuki ko‘rsatkichi 50 foizdan yuqori bo‘lgan qarzdorlarga to‘g‘ri keluvchi kreditlar hajmining ulushi esa 40 foizni tashkil qildi.

Ko‘chmas mulk va avtokreditlar bozori

Uy-joylar bozorida faollik pasaydi, narxlar esa fundamental qiymatdan 17 foiz yuqori darajada saqlandi. Ipoteka shartlarining qat’iylashishi ham ushbu bozordagi ehtiyotkorlikni aks ettiradi. Shu bilan birga, makroprudensial choralar banklarning avtokredit segmentidagi kredit xatarini pasaytirdi.

Mikroqarzlar bozori

Mikroqarzlar bo‘yicha kredit xavfi ortmoqda. Banklarning kredit portfelida jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar miqdori hamda mikroqarz oluvchilar soni yuqori sur’atlarda o‘smoqda. Jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar qoldig‘i bo‘yicha konsentratsiyalashuv darajasi ham oshishda davom etmoqda.

Xatarlar

Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etishi mumkin bo‘lgan asosiy xatarlar sifatida tashqi moliyalashtirishning qimmatlashuvi, mikroqarzlar o‘sish sur’ati, uy-joylar narxlarining ortiqcha baholanishi va kiber xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar qayd etildi. Xatarli ssenariyda to‘lov qobiliyati bo‘yicha stress-test natijalariga ko‘ra, 2027-yilda kapital monandlilik minimal talabdan past darajada shakllanish ehtimoli mavjud.

O‘rta muddatli istiqbollar

O‘rta muddatli istiqbolda tarkibiy va davriy tizimli xatarlarni oldini olish maqsadida tizimli ahamiyatga molik banklar uchun hamda kontrsiklik kapital buferlarni amaliyotga joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Markaziy bank tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan makroprudensial siyosat choralar va tizimli xatarlarni oldini olish mexanizmlari moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘lib qolmoqda.

To‘liq hisobot bilan Markaziy bankning rasmiy veb-saytida tanishishingiz mumkin.




Ulashish:

 
USD = 12676.73
+70
EUR = 14874.87
+25.4
RUB = 161.03
+1.17
GBP = 17253.03
+34.76
JPY = 87.16
-0.2
CHF = 15899.57
+8.07
CNY = 1767.21
+7.33
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X