Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

2026-yil 31-mart kuni o‘tkaziladigan auksion savdolarida milliy valyutadagi davlat qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish to‘g‘risida

Yangilangan sana: 31 Mar 2026, 10:09

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank 2026-yil 31-mart kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi.

Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.

Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:

DQQ turi: qisqa muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;

identifikatsion raqam: 24134UMFS;

ISIN kod: UZA000005746

bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;

auksion o‘tkazish sanasi: 2026-yil 31-mart;

muomala davri boshlanish sanasi: 2026-yil 2-aprel;

chiqarilish hajmi: 200 000 000 000 (ikki yuz milliard) so‘m;

muomala davri: 364 kun;

majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2027-yil 1-aprel;

majburiyat bo‘yicha daromad turi: diskont;

daromadlilik: sotib olish (yoki sotish) va so‘ndirish qiymatlari orasidagi farq.

Auksion o‘tkazish shartlari:

arizalarni qabul qilish vaqti: 11:30 – 12:00;

arizalarni qondirish vaqti: 12:00;

to‘lov valyutasi: so‘m;

auksion bo‘yicha hisob-kitoblar Т+2 rejimida amalga oshiriladi;

auksion savdolarida faqat birlamchi dilerlar ishtirok etishi mumkin;

Ushbu DQQni maksimal hajmi 1 000 000 000 000 (bir trillion) so‘m bo‘lgunga qadar qo‘shimcha joylashtirilishi mumkin;

auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;

bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.




Ulashish:

 
USD = 12020.48
+4.52
EUR = 14048.33
-3.13
RUB = 158.77
-1.53
GBP = 16207.21
-15.54
JPY = 75.25
+0.03
CHF = 15273.80
-29.26
CNY = 1758.33
-0.01
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X