O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Markaziy bank
2026-yil 30-iyun kuni “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB)ning savdo tizimida davlat qimmatli qog‘ozlar (DQQ)ni quyidagi shartlar asosida birlamchi joylashtirilishini e`lon qiladi.
Joylashtirish usuli: O‘zRVB savdo tizimida auksion orqali ochiq sotuv.
Emitent – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Auksionda joylashtiriladigan DQQ rekvizitlari:
DQQ turi: o‘rta muddatli g‘aznachilik majburiyatlari;
identifikatsion raqam: 28045UMFS;
ISIN kod: UZA000006132
bir dona majburiyatning nominal qiymati: 1 000 000 (bir million) so‘m;
auksion o‘tkazish sanasi: 2026-yil 30-iyun;
muomala davri boshlanish sanasi: 2026-yil 2-iyul;
chiqarilish hajmi: 300 000 000 000 (uch yuz milliard) so‘m;
muomala davri: 1095 kun;
majburiyatlarning so‘ndirish sanasi: 2029-yil 1-iyul;
qatiy belgilangan foizli daromad stavkasi: yillik 13,0%;
foizli daromad to‘lanish davri: 6 oy.
Foizli daromad to‘lanish sanalari:
birinchi davr: 2026 yil 31-dekabr;
ikkinchi davr: 2027 yil 1-iyul;
uchinchi davr: 2027 yil 30-dekabr;
to‘rtinchi davr: 2028 yil 29-iyun;
beshinchi davr: 2028 yil 28- dekabr;
oltinchi davr: 2029 yil 1-iyul;
Auksion o‘tkazish shartlari:
arizalarni qabul qilish vaqti: 11:00 – 11:30;
arizalarni qondirish vaqti: 11:30;
to‘lov valyutasi: so‘m;
auksion bo‘yicha hisob-kitoblar Т+2 rejimida amalga oshiriladi;
auksion savdolarida faqat birlamchi dilerlar ishtirok etishi mumkin;
Ushbu DQQni maksimal hajmi 3 000 000 000 000 (uch trillion) so‘m bo‘lgunga qadar qo‘shimcha joylashtirilishi mumkin;
auksion savdolarida raqobatsiz buyurtmanomalar qabul qilinmaydi;
bitimlar qiymatini yaxlitlash: matematik yaxlitlash usuli bilan verguldan keyin ikkita belgigacha.