2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida yagona QR-kodli to‘lov tizimi orqali to‘lovlarni qabul qilishning tartibi kuchga kirdi.
(PF-246, 2025-yil 10-dekabr)
Yagona “UzQR” tizimi ishtirokchilariga (tijorat banklari va ularning mijozlariga) qo‘shimcha qulayliklar yaratish, to‘lovlar monitoringini hamda ma’lumotlar almashinuvi jarayonini raqamlashtirish va tezlashtirish maqsadida uzqr.uz manzili orqali ishlaydigan maxsus Shaxsiy kabinet dasturiy majmuasi ishlab chiqildi.
Shaxsiy kabinet savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalariga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- masofadan turib tizimda QR-kod stikerlarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- “UzQR” tizimi orqali real vaqt rejimida amalga oshirilgan barcha to‘lovlar hamda tranzaksiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar va hisobotlarni olish.
“UzQR” tizimi Shaxsiy kabineti bilan ishlash tartibi bo‘yicha qo‘llanmani yuklab olish